|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 36/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariTeshik tizimi — o‘tqazishlar majmui. Bunday o‘tqazishlarda aniqlik darajasi ham nominal o‘lchami ham bir xil bo‘lgan teshiklarning chekli og‘ishlari istalgan o‘tqazishlar uchun birdek bo‘ladi, turli o‘tqazishlar esa vallarning chekli og‘ishiarini o‘zgartirilib, hosil qilinadi. Val tizimi — o‘tqazishlar majmui bo‘lib bunday o‘tqazishlarda aniqlik darajasi ham, nominal o‘lchami ham bir xil bo‘lgan vallarning chekli og‘ishlari istalgan o‘tqazishlar uchun birdek bo‘ladi. Turli o‘tqazishlar esa teshiklarning chekli og‘ishlarini o‘zgartirilib, hosil qilinadi. Ayrim zaruriy hollarda, ya’ni teshik va val tizimidagi o‘tqazishlar qo‘yilgan talablarga javob bermasa, ularning o‘rniga qurama
o‘tqazishlarni qo‘llasa ham bo‘ladi.
Qurama o‘tqazishlar bir aniqlik darajasidagi detalning joizlik maydonini shu tizimdagi, lekin aniqlik darajasi boshqacha bo‘lgan detalning joizlik maydoniga qo‘shish natijasida hosil qilingan yoki aniqlik darajalari turlicha bo‘lgan va turli tizimlardagi vallar hamda teshiklarning joizlik maydonlarini qo‘shishdan hosil bo‘ladigan o‘tqazishlardir.
Teshik tizimidagi o‘tqazishlar deb, turli vallarning asosiy teshik bilan birlashtirganda turli tirqishlar va tarangliklar hosil bo‘ladigan o‘tqazishlariga aytiladi. Asosiy teshik «H» harfi bilan belgilanadi.
Val tizimidagi o‘tqazishlar deb, turli teshiklarni asosiy val bilan birlashtirganda turli tirqishlar va tarangliklar hosil bo‘ladigan o‘tqazishlarga aytiladi. Asosiy val «h» harfi bilan belgilanadi.
Teshik tizimidagi barcha o‘tqazishlar uchun teshikning quyi og‘ishi Ei=0, ya’ni asosiy teshik joizlik maydonining pastki chegarasi nol chizig‘ida yotadi. Val tizimidagi barcha o‘tqazishlar uchun valning
yuqorigi og‘ishi es=0, ya’ni asosiy val joizlik maydonining yuqori chegarasi nol chizig‘ida yotadi. Asosiy teshikning joizlik maydoni nol chizig‘idan yuqoriga, asosiy valning joizlik maydoni esa nol chizig‘idan pastga, ya’ni detalning materiali tomoniga qarab qo‘yiladi.
Joizliklarning bunday tizimini bir tomonlama chekli deb atashadi. Chunki asosiy teshik va asosiy valning joizlik maydonlari nol chizig‘idan bir tomonga (teshik uchun yuqoriga, val uchun pastga) qo‘yiladi. Teshik va val tizimlaridagi bir nomli o‘tqazishlar (chekli tirqish va tarangliklar) ning ta’riflari taxminan bir xil. Har qanday o‘tqazish uchun teshik yoki val tizimini tanlash konstruktiv, texnologik va iqtisodiy izlanishlarga bog‘liq bo‘ladi.
Joizliklar tizimini tuzish uchun texnologik, konstruktiv va metrologik omillar ta’sirini aks ettiruvchi, joizlikning nominal o‘lchamga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi va aniqlik me’yori bo‘luvchi joizlik birligi (i) joriy etilgan. Metalldan tayyorlangan silindrik detallarga ishlov berish aniqligining tadqiqotlari asosida ISO va JO‘YaT tizimlari uchun quyidagi joizlik birliklari joriy qilingan.
Har qanday aniqlik kvaliteti uchun joizlik T=a*I, bu yerda a- kvalitetga bog‘liq va nominal o‘lchamga bog‘liq bo‘lmagan joizlik birliklarining soni. Har bir buyumning turli vazifani bajaruvchi detallari har xil aniqlikda tayyorlanadi. Zarur bo‘lgan aniqlik darajalarini me’yorlash uchun detal va buyumlarni tayyorlash kvalitetlari joriy qilingan.
|
| |