|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 37/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariKvalitet (fran. qualite — sifat, ya’ni aniqlik darajasi) tizimdagi joizliklar qiymatlarining daraja pog‘onasi. Har bir kvalitet tarkibida qator joizliklar bor. Bu joizliklar va o‘tqazishlar tizimida barcha nominal o‘lchamlar uchun taxminan bir xil aniqliknl ta’minlaydi, deb qaraladi. Bir kvalitet ichidagi aniqlik faqat nominal o‘lchamga bog‘liq. JO‘YaTda
19 ta kvalitet joriy qilingan: 01; 0; 1; 2; ... 17 (eng aniq 01 va 0 kvalitetlar 1 kvaliteti joriy qilinganidan keyin kiritilgan). Kvalitet joizlik, ya’ni mashina detallarini tayyorlash va nazorat qilish usullari hamda vositalarini joriy qiladi. 2.1 va 2.3- formulalar 5—17 kvalitetlaniing joizliklarini hisoblash uchun xizmat qiladi. Bu kvalitetlar uchun joizlik birliklarining soni tegishli ravishda 7; 10; 16; 25; 40; 64; 100; 160; 250;
400; 640; 1000 va 1600 ga teng. 6-kvalitetdan boshlab, ular qo‘pollashib borgan sari «a»ning qiymatiari mahraji a=1,6 teng geometrik progressiyasini tashkil qiladi. Demak, bir kvalitetdan ikkinchi, qo‘polroq kvalitetga o‘tganda joizliklar 60 %ga oshib boradi. Har bir 5 kvalitetdan
keyin joizlik 10 baravar ortadi 5-kvalitetdan aniqroq kvalitetlar uchun joizliklar IT (ISO Tolerance — ISO joizlikligi) quyidagi formulalar orqali topiladi:
ITO 1=0,3+0.008 D; ITO=0,5+0,012 D; III-0,8+0,020 D;
IT 2 = V/rTTri;IT 3 = ^[rrT~lT5: IT4 = 4rn~IT5.
bu yerda, IT mkm, D mm hisobida. 1 mm. dan kichik bo‘lgan o‘lchamlar uchun 14, 17 kvalitetlar bo‘yicha joizliklar belgilanmaydi. Har bir kvalitet bo‘yicha joizliklar qatorlari tuziigan. Bularning har birida har xil o‘lchamlar «o» qiymatiga bog‘liq bo‘lgan bir xil nisbiy aniqlikka ega.
Joizliklar qatorlarini tuzish uchun o‘lchamlarning har bir ko‘lami bir necha intervallarga bo‘lingan. 1 mm. dan 500 mm. gacha bo‘lgan ko‘lam 13 ta intervalga bo‘lingan: 3 mm. gacha, 3 dan 6 mm. gacha, 6 dan 10
mm. gacha... 400 dan 500 mm. gacha. Katta tirqish yoki tarangliklar hosil qiluvchi maydonlar uchun qo‘shimcha intervallar kiritilgan bo‘lib, u tirqish va tarangliklar tebranishlarini kamaytiradi hamda o‘tqazishlarni aniqroq qiladi. Bir intervalga birlashtirilgan barcha o‘lchamlar uchun joizliklar qiymati bir xil qilib qabul qilingan, chunki, har bir nominal o‘lcham uchun joizlik joriy qilish maqsadga nomuvofiq bo‘lib, joizliklar jadvallari juda katta bo‘lib ketadi, qo‘shni o‘lchamlar joizliklari esa bir- biridan juda kam farqlanadi. Har bir intervalni chekli qiymatlarining o‘rta geometrik qiymatiari qo‘yiladi:
3 mm. gacha bo‘lgan interval uchun D=3 qabul qilinadi. Oichamlar intervallar bo‘yicha shunday taqsimlanganki, intervalning chetlari va o‘rta qiymati bo‘yicha hisoblangan joizliklar bir-biridan 5—8 %dan ortiq farqlanmaydi.
Standartlar orqali joriy qilingan joizliklar va og‘ishlar butun dun- yoda qabul qilingan +20°C haroratda aniqlangan detallar o‘lchamlariga taalluqli. Bunday harorat mashinasozlik va asbobsozlik anjomlari tayyor- lanadigan sexlar haroratiga yaqin, deb qabul qilingan. Barcha chiziqli va burchakli o‘lchovlar, o‘lchash asboblarinii darajalash, attestatsiyalash hamda aniq o‘lchashlar normal haroratda bajarilishi, undan chetga chiqish yo‘l qo‘yilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Detal va o‘lchash vositasining harorati nazorat paytida bir xil bo‘lishi kerak (bu harorat
+20°C bo‘lmasligi ham mumkin), bunga detal va o‘lchash vositasini bir xil sharoitda ma’lum vaqt saqlab, (masalan, cho‘yan taxtaning ustida) erishish mumkin. O‘lchash xatoligi mahalliy isish natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, nazoratchi qo‘lining issiqligi ta’siri tufayli 15
daqiqa ichida diametri 175 mm. ga teng bo‘lgan vallarni nazorat qiluvchi skobaning o‘lchami 8 mkm. ga, 280 mm. li valni tekshiruvchi skobaning o‘lchami esa 11 mkm. ga o‘zgaradi. Shuning uchun, o‘lchash vositalari ustiga issiqlikdan saqlaydigan qoplamalarni qo‘llash yoki nazoratchilar termoizolatsiyalik qo‘lqoplardan foydalanishlari kerak.
|
| |