|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 30/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari2.13-jadval.
SI tarkibiga kirmaydigan birliklarning SGS va SGS-Gauss tizimi birliklari bilan bog‘liqliklari.
Kattalik
|
Birlik nomi
|
Birlik belgisi
|
SI dagi qiymati
|
Energiya
|
Erg(a)
|
erg
|
1 erg = 10−7 J
|
Kuch
|
dina(a)
|
din
|
1 din = 10−5 N
|
Dinamik
|
puaz(a)
|
P
|
1 P = 1 din∙s∙sm−2 = 0.1
|
qovushgqoqlik
|
|
|
Pa∙s
|
Kinematik qovushqoqlik
|
stoks
|
St
|
1 St = 1 sm2∙s−1 = 10−4
m2 ∙s−1
|
Ravshanlik Yoritilganlik
|
stilb(a)
|
sb
|
1 sb = 1 kd∙sm−2 = 104 kd m−2
|
fot
|
fot
|
1 fot = 1 kd∙sr∙sm−2 = 104 lks
|
Tezlanish
|
gal(b)
|
Gal
|
1 Gal = 1 sm∙s−2 = 10−2 m∙s−2
|
Magnit oqimi
|
maksvell(c)
|
Mks
|
1 Mks = 1 G∙sm2 = 10−8 Vb
|
Magnti induksiyasi
|
gauss(c)
|
G
|
1 G = 1 Mks∙sm−2 = 10−4 T
|
Magnit
maydon kuchlanganligi
|
ersted(c)
|
E
|
1 E = (103/4π) A∙m−1
|
(a) Mazkur birlik va uning belgisi, 9-O‘TXK 7-Rezolyutsiyaga kiritilgan (1948; CR, 70 ).
|
(b) Gal – geodeziya va geofizikada qo‘llanadigan, og‘irlik kuchi ta’sirida yuzaga keladigan tezlanishni ifodalash uchun maxsus qo‘llanadigan birlik.
|
(c) Ushbu birliklar, SGSning uch o‘lchovlik (elektromagnitik) tizimining bir qismi bo‘lib, tegishli fizik kattaliklardan, soddalashtirilmagan tenglamalr orqali keltirib chiqarilgan. Ulardan foydalanganda, elektromagnit nazariya uchun to‘rtta fizik kattaliklarga asoslangan to‘rt o‘lchovli tizim nuqtai nazaridan keltirib chiqarilgan, soddalashtirilgan tenglamalar bilan ifodlanuvchi muqobil SI birliklaridagi qiymatlarni ham alohida keltirib o‘tish lozimdir. Magnit oqimi Φ hamda, magnit oqimi zichligi B, birliklari SGS tizimida ham, SI tizimida ham o‘xshash tenglamalr bilan shunday tarzda keltirib chiqarilganki, ularning mos
birliklarining o‘zaro bog‘liqliklari, jadvaldagi kabi nisbatlarga egadirlar.
|
O‘lchamlar, og‘ishlar va joizliklar to‘g‘risida tushunchalar.
Birikma hosil qiluvchi detallar o‘lchamlari bilan xarakterlanadi. O‘lcham – chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, balandlik va hokazo)ning qabul qilingan birlikdagi son qiymatidir. Mashinasozlikda o‘lchamlarni millimetrlarda belgilash qabul qilingan.
Teshik tegishli o‘lchamlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, valga tegishli o‘lchamlar esa yozma harflari bilan belgilanadi.
Birikmada teshik o‘lchami-D, val o‘lchami esa-d kabi belgilanadi.
Konstruktorlar tomonidan mustahkamlik shartlari asosida hisoblab topilgan va standartlashtirilgan sonlar qatoriga moslab qabul qilingan birikmaning o‘lchami nominal o‘lcham D n, d n deb ataladi. Mashinada
umumiy birikuvchi yuzaga ega bo‘lgan otvertsiya va valning nominal o‘lchami bir-biriga teng bo‘ladi, ya’ni
Dn = dn.
Nominal o‘lcham — chekka o‘lchamlarni aniqlash va og‘ishlarning boshi bo‘lib xizmat qiladigan joiz qiymatlari ko‘rsatilmagan o‘lcham. Biror birikmani tashkil qilgan detallar uchun nominal o‘lcham umumiy, ya’ni bitta bo‘ladi. Nominal o‘lchamlar mustahkamlik va bikrlik hisoblari, geometrik shakllari turg‘unligi va buyumlar konstruksiyalari uning ishlovbopligiga asoslanib topiladi.
Tayyorlama, detal kesuvchi va o‘lchash asboblari, shtamp, moslamalar sonini kamaytirish hamda texnologik jarayonlarning namunaviylashtirilishini osonlashtirish uchun o‘lchamlarning hisoblangan qiymatlari standartda ko‘rsatilgan qiymatlarga binoan yaxlitlanadi (odatda, kattaytirish tomonga). Normal chiziqli o‘lchamlar (diametr, uzunlik, balandlik va h.k.) qatorlari afzal sonlar qatorlari asosida, lekin ularning qiymatlari bir oz yaxlitlab tuzilgan. Operatsiyalararo texnologik o‘lchamlar, boshqa qabul qilingan o‘lchamlarga bog‘liq birliklar hamda konkret detallarning standart orqali me’yorlangan o‘lchamlari (masalan, rezbani o‘rta diametri) bu qatorlardagi qiymatlarga mos bo‘lmasligi mumkin.
|
| |