|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 27/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariKattalik
|
Birlik nomi
|
Birlik belgisi
|
SI dagi qiymati
|
Vaqt
|
daqiqa
|
Daq
|
1 daq=60 soniya
|
soat(a)
|
Soat
|
1 soat = 60 daqiqa = 3600 soniya
|
kun
|
K
|
1 kun = 24 soat = 86 400 soniya
|
Yassi burchak
|
gradus(b,c)
|
º
|
1 º = (π /180)rad
|
minut
|
´
|
1´ = (1/60)º = (π /10800)
rad
|
sekund(d)
|
´´
|
1´´ = (1/60)´ = (π / 648 000) rad
|
Maydon
|
gektar(e)
|
ga
|
1 ga = 1 gm2 = 104 m2
|
Hajm
|
litr(f)
|
L,l
|
1 L = 1 l = 1 dm3 = 103
sm 3 = 10‒3 m3
|
Massa
|
tonna(g)
|
t
|
1 t = 103 kg
|
(a) Mazkur birlikning belgisi 9-O‘TXKning 7-Rezolyutsiyasida tasdiqlangan (1948, CR, 70)
|
(b) ISO 31, minut va sekunddan ko‘ra, o‘nli kasrlardan foydalanishni tavsiya etadi. Lekin, navigatsiyada munitdan foydalanishning o‘z afzalliklari bor,
xususan, Yer sirtining bir minut kengligi va taxminan 1 dengiz mili masofasi o‘zaro tengdir.
|
(c) Gon (yoki, gonning muqobili bo‘lgan - grad) yassi burchakning gradusda ifodalangan muqobul nomi bo‘lib, (π/200)rad ga teng. Ya’ni, to‘g‘ri burchak
100 gon ga teng bo‘ladi. gonning eng asosiy amaliy ahamiyati shundaki, Yerning qutblaridan ekvatorgacha bo‘lgan masofa, taxminan 10 000 km ni tashkil qiladi, Yer sirtida har 1 km, Yer markaziga nisbatan 1 sentigon burchak ostida yoy hosil qiladi. Lekin, gon birligidan amalda kamdan kam
foydalaniladi.
|
(d) Astronomiyada, kichik burchaklarga nisbatan, ´´ yoki milliarksekund tarzida belgilanadigan arksekund (ya’ni, yassi burchak sekundi), mikroarksekund, (mkas); pikoarksekund, (pas) lar ham keng qo‘llanadi. Bunda
arksekund, yassi burchak sekundining muqobilidir.
|
(e) Gektar birligi va ga belgisi, O‘TXQ tomonidan 1879-yilda qabul qilingan (PV, 1879, 41). Gektar asosan yer maydoni o‘lchovlari uchun qo‘llanadi.
|
(f) Litr uchun kichik harfli l belgisi O‘TXQ tomonidan 1879-yilda tasdiqlangan edi (PV 1879, 41). Uning uchun muqobil belgi, katta L harfi, 16-O‘TXQ tomonidan (1979, Rezolyutsiya 6, CR 101 va Metrologia, 1980, 16, 56-57),
shaklan o‘xshash bo‘lgan, kichik l (el) harfi va 1 (bir) raqamlarini matnlarda chalkashtirib yuborilishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.
|
(g) Tonna va uning belgisi t, O‘TXQ tomonidan 1879-yilda tasdiqlangan (PV 1879, 41).
|
2.11-jadval, qiymatlari amaliy tajribalarda keltirib chiqariladigan kattaliklarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham ular bilan SI birliklari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, noaniqliklarga egadir. 2.11-jadvalda keltirlgan birliklar ichida, astronomik birlikdan tashqari boshqa barcha birliklar, fundamental fizik doimiylar bilan bog‘liqdirlar. Ro‘yxatdagi dastlabki uch birliklarni, ya’ni: 1) elektronvolt, eV; 2) massaning atom birligi, yoki, dalton – belgisi mos ravishda m.a.b1 yoki, Da; hamda, 3) astronomik birlik, a.b.[2] larni O‘TXQ tomonidan SI birliklari qatorida qo‘llashga ruxsat etilgan. Ushbu jadvalda keltirilgan ko‘plab birliklar,
o‘lchashlar va hisob-kitoblarda aynan ushbu birliklardan foydalanish qulay va foydali bo‘lgan maxsus sohalarda muhim ahamiyatga egadirlar. Elektronvolt eV ning qiymati – elektron zaryadi e ga, daltonning qiymati Da esa, Avogadro soni NA ga bog‘liq.
Bu kabi birliklar juda ko‘p bo‘lib, chunki, fanning ko‘plab sohalarida, amaliy tajribalarning yoki, nazariy hisoblashlarning natijalarini, tabiatning fundamental doimiylari orqali ifodalsh ancha qulaydir. Bunday birliklar orasida eng ahamiyatli bo‘lganlari bu – yuqori energiya va elementar zarrachalar fizikasida foydalaniladigan, tabiiy birlik (t.b.)3, hamda, atom va yadro fizikasi va kvant kimyosida qo‘llaniladigan, massaning atom birligi (m.a.b.) lardir. Tabiiy birlik t.b. alohida tizim tarzida qaraladi va undagi asosiy mexanik kattaliklar bu tezlik, harakat miqdori va massa bo‘lib, ularning birliklari esa, mos ravishda, yorug‘likning vakuumdagi tezligi c0;
Plank doimiysining 2π ga bo‘linmasi, ya’ni, kichik Plank doimiysi deb yuritiladigan va ħ belgisi bilan belgilanadigani; hamda, elektron massasi me lardir.
Umuman olganda, mazkur birliklar uchun maxsus nom va belgilar berilgan emas, biroq, ularni sodda qilib, tezlik t.b., belgisi c0; massa t.b. belgisi me; va harakatning t.b., birligi ħ tarzida ifodalanadi. Bu tizimda vaqt – hosilaviy kattalik hisoblanadi va uning birligi, asosiy birliklarning ħ𝑚𝑒∙∙𝑐02 tarzidagi nisbatdan kelib chiqadi.
Huddi shuningdek, atom birliklari tizimi uchun ham, mazkur besh fizik kattaliklar – massa, harakat miqdori, zaryad va energiyalar, asosiy birliklar sifatida qabul qilinadi. Ularga mos keluvchi asosiy birliklar esa, elementar zaryad e; elektron massasi me; harakat ħ; Bor radiusi a0; hamda, Hartri energiyasi Eh – lardir. Ushbu tizimda ham vaqt hosilaviy birlik bo‘lib, uning keltirib chiqarilishi kattaliklarning ħ𝐸ℎ tarzidagi nisbatiga asoslanadi. Shunga e’tibor qaratingki, a0=𝛼4𝜋∙𝑅∞ bo‘lib; bu ifodada α – yupqa struktura doimiysini, R∞ esa Ridberg doimiysini ifodalaydi; shuningdek, 𝐸ℎ=𝑒2(4𝜋𝜀0∙𝑎0)=2𝑅∞ℎ𝑐0=𝛼2∙𝑚𝑒∙𝑐02 bo‘lib, bu tenglamadi, ε0 elektr doimiysini ifodalaydi va u SI tizimida aniq qiymatga ega. Tabiiy birliklar va atom birliklaridan jami o‘ntasi va ularning SI dagi muqobil birliklarda ifodalangandagi son qiymatlarini, 2.11-jadvalda axborot tariqasida keltirib o‘tildi. Mazkur birliklarga tegishli bo‘lgan fizik kattaliklar tizimi, SI tizimi asoslangan fizik kattaliklar tizimidan tubdan farq qilganligi bois, ushbu birliklar odatda SI bilan birgalikda qo‘llanilmaydi va ularni O‘TXQ rasman tasdiqlamagan.
Hisoblash hamda, o‘lchash natijalarining tabiiy birliklar yoki, atom birliklarida ifodalangan qiymatlarining tushunarli va ishonchli bo‘lishi uchun, ularni albatta SI tizimidagi muqobil birliklar orqali ham ifodalab o‘tish zarur bo‘ladi. Tabiiy birliklar (t.b.) hamda, atom birliklaridan (m.a.b.), tegishli tor sohalardagina, xususan, atom va yadro fizikasida va kvant mexanikasida foydalaniladi. Jadvaldagi son qiymatlarning so‘ngida, qavs ichida ko‘rsatilgan sonlar, tegishli miqdor uchun standart noaniqlik ko‘rsatkichini ifodlaydi.
|
| |