|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 20/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslarin(x)=𝑁(𝑋)𝑁𝐴
S[huni e’tiborga olingki, N(x) – o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.
«Modda miqdori» so‘zidagi «modda» so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta’kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan «Vodorod xlorid HCl miqdori», yoki «Benzol C6H6 miqdori» kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasini keltirish orqali, struktur elementni alohida ta’kidlab aytish muhim (Mol ta’rifning ikkinchi
qismida aytilganidek). Garchi «miqdor» so‘zining asosiy lug‘aviy ma’nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni «modda miqdori» so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi. Bu qoida shuningdek, «modda konsentratsiyaning miqdori» kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki
«konsentratsiya miqdori» sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, «modda konsentratsiyasi miqdori» nomi, «modda konstentratsiyasi»gacha qisqartirib olingan.
Yorug‘lik kuchi birligi – Kandela. Turli mamlakatlarda, yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi sifatida, 1948-yilgacha sham yoki alanga yorug‘ligiga asoslangan turli o‘lchov birliklaridan foydalanilgan. 1848-yilda uning o‘rniga, Plank nurlanish manbasining (qora jismning) platina- ning qotish haroratidagi yorug‘ligiga asoslangan yangi birlik – «yangi sham» joriy etildi. Bu ko‘rinishdagi o‘lchov birligi, Yoritish bo‘yicha
Xalqaro Qo‘mita (CIE) va O‘TXQ tomonidan 1937-yildan avval tayyorlangan bo‘lib, u O‘TXQ ning 1946-yildagi qarori bilan e’lon qilingan edi. U, 1948-yildagi, 9- O‘TXK tomonidan qabul qilingan bo‘lib, bu konferensiyada, o‘lchov birligiga yangi xalqaro nom – kandela, va ramziy belgi kd (cd) kiritildi; 1967-yildagi 13-O‘TXK da (Rezolyutsiya 5, CR, 104 va Metrologia, 1968, 4, 43-44) bu ta’rifga tuzatish kiritilgan.
1979-yilda, Plank radiatorining yuqori haroratlarda amalda qo‘llashning qiyinligi sababidan va radiometriya sohasida paydo bo‘lgan yangi imkoniyatlar, ya’ni, optik nurlanish kuchini o‘lchash asosida, 16- O‘TXK (1979-yil, Rezolyutsiya 3, CR, 100 va Metrologia, 1980,16, 56) kandelaning yangi ta’rifini qabul qildi:
Bundan kelib chiqadiki, chastotasi 540-1012 gers bo‘lgan monoxromatik nurlanishning spektral lyuminessensiya effekti aniq 683 lyumen taqsim vattga teng. K = 683 𝒍𝒎𝑽𝒕 = 683 kd 𝒔𝒓𝑽𝒕.
|
| |