• Modda miqdori birligi - mol.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 4,88 Mb.
    bet19/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    t(°C)=T(K) 273.15 ifoda orqali aniqlanadi.
    Kelvin hamda Selsiy gradusi – O‘TXQ ning 1989-yildagi 5- tavsiyanomasi (CI-1989; PV, 57, 115 va Metrologiуa, 1990, 27, 13) orqali, 1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan.
    Modda miqdori birligi - mol. Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, «gramm atom» va
    «gramm molekula» birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan «atom massasi» va «molekulyar massa» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. «Atom massasi» dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi – 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 – izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Va nihoyat 1959/60-yillar davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikkiyoqlamalikka barham berdi. O‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar(12C), massa soni 12 bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 12C) asosida belgilashga kelishib oldilar. Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular shuningdek mos ravishda «atom massasi» va
    «molekulyar massa» ham deyiladi) qiymatlarini beradi.
    Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda
    «Modda miqdori» deb ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy qiymatga (konstantaga)
    ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol – uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi,
    0.012 kg, ya’ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan. O‘TXK, 1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta’rifni ma’qulladi va 1969-yilda uni tasdiqladi. Molning ta’rifi 1971-yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78
    va Metrologia, 1972, 8, 36) qabul qilindi:

    1. Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi – «mol».

    2. Molni tatbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin.

    Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 ning molyar massasi – aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 𝑔𝑚𝑜𝑙 1980-yilda
    O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma’qulladi:
    Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.
    Molning ta’rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantaning qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi – Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi:

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 4,88 Mb.