• Kattalik SI dagi birlik Nomi
  • SIning hosilaviy birliklari.
  • Asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklar.
  • O‘z maxsus nomi va belgisiga ega birliklar; maxsus nom va belgilarni o‘z ichiga oladigan birliklar.
  • Yetti asosiy birliklarning ramziy belgilari




    Download 4,88 Mb.
    bet21/85
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #140827
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Yetti asosiy birliklarning ramziy belgilari. Quyidagi 2.5-jadvalda yettita asosiy kattaliklari va birlikning nomi va ularning har biri uchun, belgilanishlari keltirilgan. (10- O‘TXK (1954, Rezolyutsiya 6; CR, 80);
    11- O‘TXK (1960, Rezolyutsiya 12; CR, 87); 13- O‘TXK (1967/68,
    Rezolyutsiya 3; CR, 104 va Metrologia, 1968, 4, 43); 14- O‘TXK (1971,
    Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia, 1972, 8, 36))

    2.5-jadval.


    SI ning asosiy birliklari

    Kattalik

    SI dagi birlik

    Nomi

    Belgisi

    Nomi

    Belgisi

    Uzunlik, masofa

    l,x, r va b.

    metr

    m

    Massa

    m

    kilogramm

    kg

    Vaqt, davr

    T

    soniya

    s

    Elektr tok kuchi

    I, i

    amper

    A

    Termodinamik harorat

    T

    kelvin

    K

    Modda miqdori

    n

    mol

    mol

    Yorug‘lik kuchi

    Iv

    kandela

    kd (cd)



    SIning hosilaviy birliklari. SI ning hosilaviy birliklari asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan. Kogerent hosilaviy birliklarni asosiy birliklardan keltirib chiqarishda ular o‘rtasidagi nisbat, yoki, farq faqat 1 teng bo‘ladi. SI ning asosiy birliklaridan kogerent shaklda hosil qilingan birliklari turkumi, SI ning kogerent birliklarini tashkil qiladi.
    Asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklar. Ilm- fanda fizik kattaliklarning soni cheksiz bo‘lib, hosilaviy kattaliklar va hosilaviy birliklarning to‘liq ro‘yxatini tuzishning imkoni yo‘q. Shunga qaramay, quyidagi 2.6-jadvalda, bevosita asosiy kattaliklardan keltirib chiqarilgan ayrim hosilaviy kattaliklar va ularga mos kogerent hosilaviy birliklar keltirilgan.
    O‘z maxsus nomi va belgisiga ega birliklar; maxsus nom va belgilarni o‘z ichiga oladigan birliklar. Foydalanishga qulay bo‘lishi uchun, ma’lum kogerent hosilaviy birliklarga maxsus nom va belgilar biriktirilgan. Ular 22 ta bo‘lib, ro‘yxati 2.6-jadvalda keltirilgan. Ushbu maxsus nom va belgilarni, asosiy birliklarning nomlari va belgilari bilan birgalikdagi kombinatsiyalarda, yoki, boshqa hosilaviy birliklarning nomlari va belgilarini ifodalashda qo‘llash mumkin. Bunday misollardan ayrimlari 2.6-jadvalda keltirilgan. Maxsus nom va belgilar ‒ tez-tez va ko‘p ishlatiladigan hosilaviy birliklar uchun qo‘llanadigan birliklarning
    ixchamlangan va soddalashtirilgan shakli bo‘lib, u ko‘pincha tegishli kattalik haqida to‘g‘ri tasavvur olishga yordam beradi. O‘z maxsus nomi va belgisiga ega bo‘lgan birliklar uchun SI ning old qo‘shimchalari doim qo‘llanishi mumkin, biroq, u holda bunday birlik, endilikda kogerent birlik bo‘lmay qoladi.
    2.6-jadvaldagi so‘nggi to‘rt hosilaviy birliklarning maxsus nom va belgilarga alohida ahamiyat qaratish o‘rinli bo‘lib, ular inson salomatligini saqlash va muhofaza qilish maqsadlarida, mos ravishda 15- O‘TXK (1975, Rezolyutsiya 8 va 9; CR 105, va Metrologia, 1975, 11,
    80), 16-O‘TXK (1979, Rezolyitsiya 5; CR 100 va Metrologia 1980, 16,
    56), hamda, 21-O‘TXK (1999, Rezolyutsiya 12; CR 334-335 va
    Metrologia 2000, 37, 95) lar orqali rasman tasdiqlangan. 2.7- va 2.8- jadvallarning har ikkalasidagi so‘nggi ustunlar, maxsus nom va belgiga ega hosilaviy birliklarning asosiy birliklar nuqtai nazaridan qanday ifodalash mumkinligini ko‘rsatmoqda.

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




    Download 4,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yetti asosiy birliklarning ramziy belgilari

    Download 4,88 Mb.