Massa birligi – Kilogramm




Download 4,88 Mb.
bet17/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Massa birligi – Kilogramm



Platina–Iridiy qotishmasidan tayyor- langan tarixiy artefakt – Xalqaro Kilogramm
etaloni, 1889-yildagi 1-O‘TXK (CR, 34-38) orqali bunday e’lon qilingan:
Ushbu namuna etalon, bundan buyon massa birligining asosi bo‘ladi.
3-O‘TXK (1901-yil, CR, 70) deklaratsiya orqali «vazn» so‘zining ikki ma’noli talqin qilinishiga chek qo‘yish maqsadida quyidagi tasdiqni qabul qildi:

Bundan kelib chiqadiki, xalqaro kilogramm etalonining massasi doimo aniq 1 kilogrammga teng: m(K)=1 kg. Lekin, doimiy muqarrar bo‘lgan hodisa – yuza qismida chang to‘planishi natijasida, Xalqaro kilogramm etaloni oldini olib bo‘lmaydigan sirt ifloslanishi tufayli yiliga 1 μg vazn ortishiga uchramoqda. Shu sababli O‘TXI, xalqaro etalon massasining keyingi tadqiqotlar uchun qiymatini, tasdiqlangan usulda (PV, 1989, 57, 104-105 va PV, 1990, 58, 95-97) yuvib tozalangandan so‘ng, Platina-Iridiy qotishmasi etalon namunasining aniqlangan yangi qiymati bilan Milliy standartlarni muvofiqlashtirishni (kalibrovka qilishni) amalga oshiradi. (Metrologia, 1994,


31, 317-336)1
Vaqt birligi – Soniya. Vaqt birligi – soniyani avvallari Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng deb qabul qilinar edi.
«Quyosh sutkasi»ning aniq ta’rifini astro- nomlar shakllantirishgan. Lekin, o‘lchash-

larning ko‘rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o‘zgarishlar bilan kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo‘lmay qoldi. Vaqt birligini yanada aniq belgilash uchun 11 - O‘TXK (1960-yil, 9-rezo- lyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik yilga asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalar shuni ko‘rsatdiki, atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o‘tishiga asoslangan Atom vaqti standarti yanada aniqroq va tushunarli amaliy keltirib chiqarilishi mumkin ekan. Fan va texnika uchun vaqtning o‘ta aniq ta’rifi zarurligini inobatga olib, 13 – O‘TXK (1967/68, 1-rezo- lyutsiya, CR, 103 va Metrologia, 1968, 4, 43) soniyaning ta’rifini quyidagicha belgiladi:
Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta nozik parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng. V (hfs Cs)=9 192 631 770 Gers. 1997-yildagi O‘TXI yig‘ilishida quyidagicha tasdiqlandi:
Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0°K sharoit uchun.
Bu izoh, SI tizimiga ko‘ra, soniyaning ta’rifi, Seziy-133 atomining tinch holati, ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda, mutlaq qora jism tomonidan qo‘zg‘atilmagan va 0° Kelvin termodinamik haroratdagi holatiga asoslanganligini ta’kidlash maqsadida qo‘shib qo‘yildi. Shunga ko‘ra, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasining 1999-yildagi bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy chastotaviy standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda o‘zaro muvofiqlashtiriladi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Download 4,88 Mb.