O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




Download 4,88 Mb.
bet18/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Elektr toki kuchi birligi Amper. Tok kuchi va qarshilik uchun
«Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893-yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va «Xalqaro amper» va «Xalqaro om»larning ta’riflari 1908-yildagi London kongressida qabul qilingan edi. 1
Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar» ning «Mutlaq birliklar» bilan almashtirilishi yakdillik bilan ma’qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi (1946, 2 -Rezolyutsiya; PV, 20, 129-137):
Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi - μ0 ning
qiymati μ0=4π∙10−7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π∙10−7 Gn/m (H/m).

1946-yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan «MKS kuch birligi» so‘zi bu joyda, 9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan «nyuton» so‘zi bilan almashtirildi. (1948, 7-Rezolyutsiya; CR, 70).


Termodinamik harorat birligi – Kelvin. Termodinamik haroratning ta’rifi 10-O‘TXK (1954-yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) «Kelvin gradusi» atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta’rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16°K ga teng ekan. 2005-yilda O‘TXI quyidagini ma’qulladi: (Ya’ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.) Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng; 0.0003799 mol 17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.


Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma’lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya’ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi.
Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi
t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.

t=T – T0


Selsiy harorat shkalasi birligi – Selsiy gradusi, belgisi - °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari Кelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-O‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat

Download 4,88 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Download 4,88 Mb.