Standartlashtirish faoliyatining tarixi




Download 4,88 Mb.
bet3/85
Sana19.01.2024
Hajmi4,88 Mb.
#140827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Standartlashtirish faoliyatining tarixi. Insonlar qadimdan standartlashtirish bilan shug‘ullanib kelishgan. Buni miloddan 6 ming yil avvalgi Misr va Shumerda yozish va sanoqning paydo bo‘lishi hamda undagi belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarda va yozuvlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o‘sha davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. Sonlarni bobilliklar miloddan avvalgi 4000-yillarda kashf etishgan. O‘nlik sanoq tizimi ham aynan Bobil davlatida yaratilgan. Nota yozuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada miloddan avvalgi 200-yillarda paydo bo‘lgan.
Xitoyda miloddan avvalgi 206—220-yillarda shahar va qishloqlar xaritalarda shartli belgilar bilan belgilangan.
Miloddan avvalgi 1700—1600-yillarda Feste saroyidagi disklar quymasining aynan bir xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir.
Xitoy imperatori Sin Shixuandi (taxminan 2200-yil avval) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarni birxillashtirgan. U iyerogliflarni birxillashtirib, kamon o‘qlari va ularning bir xil uzunligini ta’minlagan.
Qadimiy Misrda taxminan bundan 7 ming yil avval o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm, ya’ni «shohlar tirsagi» uzunlik birligidan foydalanilgan. Miloddan avvalgi XVIII asrda qirol Xammurapi standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Bunda og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishning oldini olish uchun jazolar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi amali me’yoriy qonunlar bilan muvofiqlashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekistonda hozirgi kundagi tarixiy yodgorliklar, ya’ni bino va inshootlarning qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirishdan, peshtoqladagi handasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlarida standart andazalar qo‘llanilganligi standartlashtirishdan foydalanilganligining yorqin misolidir.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida muayyan kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr II hukmronligi davrida XVII—XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol-aslaha elementlari aniq bir xil namunalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan.
1785-yili fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni o‘zaro almashinuvchan bo‘lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temiryo‘llar eni (koleyasi) va vagon ulash ilashmasining unifikatsiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temiryo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart namunalar to‘plami chiqdi.
1870-yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida «Standart» g‘ishtlar ishlab chiqarila boshlandi. 1869-yilda Angliyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa davlatlarida standart, ko‘rsatkichlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.

  1. asrning oxirlariga kelib Yevropa davlatlari, ayniqsa, kichik hududlardan tashkil topgan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni juda ko‘payib ketgan. Chunki katta bir mamlakat ichida kichik-kichik hududlar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar shakllanmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan, Genrix II tirsagiga teng o‘lcham «lokot» nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o‘lchamiga teng birlik «fut» nomi bilan yuritilgan.

1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr»ga asos solinib, u Yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etadi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida metrni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi.

Download 4,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Download 4,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish faoliyatining tarixi

Download 4,88 Mb.