|
Sifatni boshqarish fazasi
|
bet | 5/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariSifatni boshqarish fazasi. Mazkur rivojlanish fazasi XX asrning 20- yillaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi — oldingi faza shakllariga xos nomutanosibliklarni garchand butkul bartaraf etilmasa ham, salmog‘ini kamaytirish talab etilgan.
1924-yilning may oyida «Vestern Elektrik» firmasining (AQSH) texnik nazorat bo‘limi xodimi V.Shuxart sifatni boshqarishda statistik usullarga asoslangan nazorat xaritalarini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi.
1930-yillarda buyumlar sifati muammolarini hal qilish uchun butunjahon ishlab chiqarish amaliyoti ishchilari, nazoratchi va menejerlarining birgalikda faoliyat olib borish g‘oyasi ishlab chiqildi. Mahsulot sifatini oshirishda asosiy omillardan biri «ishchilar hayoti», ya’ni ishlab chiqarish xodimlarining sifat shartlari tashkil topa boshladi.
asrning 2-yarmida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy hayotida aholi hayotiy ehtiyojlarini qondirish borasida, mahsulot sifatini ta’minlash talabchan raqobatchilik asosida kompaniyalarni siqib chiqarish (sindirish) omillaridan biri bo‘lib qoldi. 1950-yillarda A. Feygenbaum yalpi sifatni boshqarish (TQC — Total Quality Control) mazmun va mohiyatini shakllantirib, 1960-yillarda korxonani boshqarish sohasida yangi falsafa yaratilishiga asos soldi.
Bu vaqtda sifatni boshqarish sohasida amerikalik mutaxassis I. Yuran mahsulot sifati ko‘rsatkichi sifatida nuqsonsizlik g‘oyasini ilgari surgan. Zamonaviy sifat falsafasining shakllanishida Edvards Deming tomonidan 1950-yilda olg‘a surilgan sifat menejmenti dasturi asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur dastur 1992-yilgacha keng miqyosda joriy etilgan.
1976-yilda yaponiyalik mashhur mutaxassis K. Isikava o‘zining ishida sifat muammolarini yechish uchun sabab-oqibat diagrammasi qurish usulini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi. Ayni shu davrda mashhur yapon olimi G. Taguti mahsulotni loyihalashtirish bosqichida optimal qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash usuli va g‘oyasini ilgari surib, buni o‘zining ishlarida batafsil tavsiflab bergan.
1980-yil oxirlarida yalpi sifat menejmenti (TQM — Total Quality Management) uslubiyati shakllandi. Sifat asosida yalpi boshqarish — bu iste’molchilarning qoniqish darajasini oshirish uchun olingan ko‘nikma va bilimlarni qo‘llash va umumiy o‘qitish hamda faoliyatning barcha turlarini doimiy yaxshilashda barcha xodimlarni jalb qilish va guruhli ishda peshqadamlik yordami bilan yuqori rahbariyatning natijaviylikni doimiy yaxshilash asosidagi biznes falsafasidir. ISO 9000 seriyali standartlarning paydo bo‘lishi va uni amaliyotda keng joriy qilishga TQM birinchi qadamlardan bo‘lib yo‘l ochib berdi.
Birinchi tan olingan tizimlar — sifat va sifat standartlari, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari murakkabligining sezilarli o‘sishi paydo bo‘lgan sanoat rivojlanishi va texnologik o‘zgarishlar natijasi sifatida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy qilindi.
AQSHda birinchi bo‘lib bu o‘zgarishlar sezildi va harbiy qurol aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlar qo‘llanila boshlandi:
MEL-Q-9858 — Sifat tizimining texnikaviy shartlari;
MIL-1-45208 — Nazorat tizimiga talablar.
Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda bo‘lib, harbiy shartnomalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda.
Bu standartlar, shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAR (Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida ma’lum bo‘lgan standartlar to‘plamlari uchun asos qilib olingan.
Vaqt o‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat doirasidan tashqarida ham paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun ham BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular, asosan, amaliy rahbar hujjatlariga o‘xshash bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari harbiy talablar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni ham qo‘llash mumkin, deb hisoblash qiyin edi.
Bu muammo o‘z yechimini 1979-yilda topdi, shu yili uch qismdan (1, 2, 3) iborat bo‘lgan BS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga o‘xshash va subyektiv edi hamda qo‘shimcha tushuntirishlar, shuningdek, standartlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot bo‘lgan qo‘shimcha qismlarni (4, 5, 6) talab qilardi.
BS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar tomonidan shartnoma tuzish holatlarida qo‘llanilardi. Ammo bunga qo‘shimcha ravishda, BSI (Britaniya Standartlar Instituti) uchinchi tomondan ro‘yxatga olish sxemasini joriy qildi. Bu BSIga tegishli tashkilotlarning talablariga muvofiq bo‘lgan kompaniyalarni ro‘yxatga olishga imkon berdi. Ro‘yxatga olish barcha: mavjud va kelajakdagi iste’molchilar nomidan sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turganligi uchun Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining (ISO) 176 qo‘mitasi 1987-yili BS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi, bu ISO 9000 standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987-yildan boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi. Yangi 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda, 1987-yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta ko‘rib chiqish 1994-yil va 2000-yillarda ikki bosqichda amalga oshirildi. ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri bo‘lib,
u quyidagi standartlardan iborat:
ISO 9000:2000 Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at;
ISO 9001:2000 Sifat menejmenti tizimi. Talablar;
ISO 9004:2000 Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiflar.
Ushbu standartlar O‘zbekiston Respublikasida 2002-yil Davlat standartlashtirish tizimida O‘z DSt ISO 9000:2002 «Sifat menejmenti
tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at» nomi bilan xalqaro standartlarga uyg‘unlashgan davlat standarti qabul qilindi.
2005-yil ISO 9000 standartining ayrim atama va ta’riflariga o‘zgartirishlar kiritildi va 2008-yilda ISO 9001 standarti qayta nashr etildi.
Hozirgi kunda ISO 9001:2008 standarti O‘z DSt ISO 9001:2009 standarti sifatida O‘zbekistonda qabul qilingan va respublikamizda sifat tizimini keng darajada joriy qilishda asosiy me’yoriy hujjat sifatida amal qilinib kelinmoqda.
|
| |