|
Sifatni boshqarish faoliyatining tarixi
|
bet | 4/85 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #140827 |
Bog'liq 20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslariSifatni boshqarish faoliyatining tarixi. Miloddan avvalgi 2150- yildan boshlab sifat to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ro‘yxatini olib borish tarixchilar tomonidan qayd etilgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792— 1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmui, undan ham avvalroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112—2094- yillar)ning qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Xammurapining 229- kodeksidan ma’lumki, qurilgan bino va inshootlarning buzilish holatlari yuzaga kelsa va buning natijasida odamlar shikastlansa yoki bino tomonidan biron zarar yetkazilsa, quruvchilar og‘ir jarimalarga duchor qilinardi. Masalan, biron odam nobud bo‘lsa, binokor qattiq jazolanar, hattoki qatl qilinardi.
Bunga o‘xshash tamoyillar finikiyaliklarda ham uchrar edi. Finikiya sifat nazoratchisi (auditori) belgilangan sifat talablaridan chetlashgan, yo‘l qo‘ygan xato uchun boshqa qaytarilmasligining oldini olishi maqsadida ishlab chiqaruvchining qo‘lini kesish jazosini buyurar edi.
Turkiyada shoh Boyazid II hukmronlik davridagi qonunlarda bo‘yoqlarning rangi, joylash, tovarlar sifati bo‘yicha turli farmonlar chiqarilgan. Ba’zan bu farmonlarda muayyan qoidalarni buzganlik uchun jazolar ham belgilanganligining shohidi bo‘lish mumkin.
Xitoy imperatorlari, ishlab chiqaruvchi va tovarlarning keyingi kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchilardan o‘z tovarlariga muhr bosishlarini talab qilar edilar. Agar tovar qo‘yilgan talablarga javob bermasa, jazo qo‘llanilardi (ko‘p hollarda o‘lim jazosi). O‘sha davrlarda ham sifat va nav (sort) masalalariga jiddiy e’tibor berilgan. U davrlarda buyum va tovarlar navlarga bo‘linmagan bo‘lsa ham ishlab chiqilgan davlat, hudud, ba’zan ustaning nomi bilan bog‘lab sotuvga chiqarilgan (Iroqi sovun, Eron gilami, Xitoy ipagi va h.k.). Ishlab chiqaruvchilar sifat mehnat talab etishini, kam mehnat bilan yuqori darajadagi sifatga erishish mumkin emasligini yaxshi anglaganlar. Ko‘pgina mamlakatlarda shiddatli iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda mahsulot sifati muammolariga nisbatan munosabatlar jiddiy ijobiy tomonga o‘zgartirila boshlanib, tabiiy fanlar bilan bir qatorda
sifatni boshqarishga ham ilmiy yondashila boshlangan.
1905-yilda birinchi sifatni boshqarish tizimi — Teylor tizimi paydo bo‘ldi. U buyum (detal)lar sifatiga dopusklar ko‘rinishida talablarni o‘rnatib, alohida olingan har bir buyumning sifatini boshqarish tizimini yaratishga asos soldi. Teylor tizimini amalda muvaffaqiyatli ta’minlash uchun sifat sohasida ilk mutaxassislar — inspektorlar faoliyat olib bora boshladilar.
|
| |