65
7.2– rasm. Kuchaytirgichning faza-chastota harakteristikasi
Ish nuqtasining kirish harakteristikasida qanday joylashishiga qarab
kuchaytirgichlar A, V, va AV rejimlarda ishlashi mumkin. 7.3-rasmda
kuchaytirgichning ish rejimlariga oid grafiklar ko`rsatilgan.
A rejimda, asosan,
boshlang‘ich kuchaytirish kaskadlari ishlaydi. Bu rejimda ishlaydigan kaskadning
bazaga berilgan siljish kuchlanishi (U
beo
) ish nuqtasining dinamik o`tish
harakteristikasi chiziqli qismining o`rtasida joylashishini ta‘minlab beradi.
Bundan tashqari, kirish signalining amplitudasi siljish
kuchlanishidan kichik
(U
kir
U
beo
) bo`lishi va boshlang‘ich kollektor toki I
ko
chiqish toki o`zgaruvchan
‗tashkil etuvchisining amplitudasidan katta yoki tengligi (I
ko
I
kt
) shartiga amal
qilinadi. Natijada kaskadning kirishiga sinusoidal kuchlanish
berilganda chiqish
zanjiridagi tok ham sinusoidal qoida bo`yicha o`zgaradi. A rejimda signalning
chiziqli bo`lmagan buzilishlari eng kam bo`ladi. Ammo kuchaytirgich kaskadining
mazkur rejimdagi foydali ish koeffitsiyenti 20-30% dan oshmaydi.
V rejimda ish nuqtasi shunday tanlanganki, bunda osoyishtalik toki nolga teng
bo`ladi (I
ko
=0). Kirish zanjiriga signal berilganda chiqish zanjiridan signal
o`zgarish davrining faqat yarmidagina tok o`tadi. Chiqish
toki impulslar shaklida
bo`lib. ajratish burchagi
2
bo`ladi. V rejimda chiziqli bo`lmagan buzilishlar ko`p
bo`ladi. Lekin bu rejimda kaskadning FIK 60-70% ni ‗tashkil qiladi. Mazkur
rejimda, asosan ikki taktli quvvatli kaskadlar ishlaydi.
66
7.3-rasm. Kuchaytirgichning ish rejimlariga oid grafiklar
AV rejimi A va V rejimlar oralig‘idagi rejim bo`lib, chiqishda katta quvvat
olish, shuningdek chiziqli bo`lmagan buzilishlarni
kamaytirish maqsadida
qo`llaniladi.