56
5.16-rasm. Optronning tuzilishi.
1- chiqishlar; 2 - fotoqabulqilgich; 3-korpus; 4-optik muhit; 5-svetodiod
Zamonaviy optoelektronlarda nur chiqaruvchi sifatida svetodiodlar, foto qabul
qilgich sifatida esa fotorezistorlar, fototiristorlar qo`llaniladi.
Qo`llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli,
fotodiodli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo`linadi (5.17- rasm).
5.17- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi
a) rezistorli; b) diodli; v) fototranzistorli g) fototiristorli
Fotoelektrik asboblarni belgilash tizimi harf-sonli kod asosida bajariladi:
-
birinchi element harflar; asbob guruxini bildiradi; fr–fotorezistorlar, fd–
fotodiodlar;
- ikkinchi element harflar –asbobni tayyorlangan materialini ko`rsatadi; GO –
germaniy, GB – germaniy, legirlangan brom; GZ –
germaniy legirlangan
oltingugurt bilan; GK – germaniy kremniyli birikma;
K-kremniy; KG – kremniy
legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va x.k.;
- uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri;
- to`rtinchi element – harf, yarim o`tkazgich fotoasboblar podgruppasini
belgilaydi;
u-unipolyar fotorezistor
B – bipolyar fotorezistorlar
L – ko`chkili fotodiodlar
FDGZ-001K –
fotodiod, germaniyli,
legirlangan oltingugurtli, ishlab
chiqarilgan nomeri 001.
57
Optoelektron uskunalari hisoblash texnikasida, avtomatikada, nazorat-o`lchov
uskunalaridakeng qo`llaniladi.