74
9-bob.
Avtomatika rostlagichlari
9.1. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda
keng
ishlatiladigan
texnikaviy
vositalar
hisoblanadi.
Rostlagichlarni klassifikatsiyalash
rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish
usuli,
ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga
ko`rsatiladigan ta‘sirning
harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash
qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi:
bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va
bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi
organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob‘ektdan
olingan energiyaning uzi
bilan ishlovchi rostlagichlar