77
9.4. Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar
PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga o‘xshash. U
taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, quvvat kuchaytirgich IV,
uzuvchi relelar V, VII va sigim VIII dan iborat (7.2- rasm).
Bu rostlash bloki
ikkita: proporsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan
rostlanayetgan kattalik-ning pnevmatik signali R
n
va
ikkilamchi asbobga
urnatilgan topshriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2
... 1 kg/sm
2
oraliqda bo`ladi. Blokning proporsional qismi galayenlanishdan so`ng
harakatga kelib, uning o`zi esa summator I, III va drosselli summator II dan
tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator
VI va kuchaytirish
koeffitsiyenti K=1 bo`lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo`lib,
pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning
chiqish signallari yacheyka II da qo‘shiladi. Buning uchun integrallovchi
zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari
kirishiga berilishi
lozim.
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsiyenti - K
r
, izodrom vaqti - T
i
)
o`zaro bog‘liq emasligi blokning muhim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsiyenti
(K
r
) drosselli summatordagi o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib
o‘rnatiladi, drossellash diapazoni DD=3000... 5 chegarada o`zgaradi, bu esa
kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 0,03 ... 20 bo`lishiga mos keladi. Izodrom
vaqti T
i
aperiodik zveno tarkibiga kirgan o`zgaruvchi drosselning
o`tkazuvchanligini o`zgartirib o‘rnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha bo`lishi
mumkin. PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi asboblar
bilan birgalikda ishlaydi.
Mahalliy topshriq bergich PR3.22 rostlagichi PR3.21
dan asbob kirishining
topshiriq liniyasida qo`l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi.
PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo`lgan drossellash diapazonini
o`rnatish imkonini beruvchi qayta qo`shgich bilan ta‘minlangan. Qayta
qo‘shgichning uchta qayd qilingan holati bor:
I. DD=2 ... 50% . II. DD=50 ...200% . III. DD=200 ... 800% .
T
i
=0,025 minutdan
gacha o`zgaradi. PR3.29 rostlagichi PR3.26 dan mahalliy
topshiriq bergichi borligi bilan farq qiladi.
To`gri chiziqli statik tavsifnomali PR3.21 va PR3.32 rostlagichlarida
drossellash diapozonini 2 ... 3000% gacha sozlash mumkin.
78
PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr
nisbatini ushlab turish
maksadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta‘sirini olish uchun
xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat zvenosi bo`lib, unga doimiy drossel,
rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1
dan 5:1 gacha yoki 1:1 dan 10:1 gacha. PR3.24 va PR3.34 nisbat rostlagichlari
ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo`yicha tugrilash
bilan ushlab turish
maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta‘sirini olish uchun
xizmat qiladi.