Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

10.1. Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari
Har qanday ishlab chiqarish, shu jumladan qishloq suv xo`jaligi ishlab 
chiqarishi ham rostlash ob‘ektlarining xilma-xilligi bilan harakterlanadi. Shunda 
alohida mashina, turli qurilmalar va hokazolar kompleksi ham ob‘ekt sifatida 
qaralishi mumkin. Eng ko`p tarqalgan ob‘ektlarga quyidagilar kiradi: 1) turli 
issiqlik qurilmalari (issiqlik generatorlari, suv isitkichlar, kaloriferli uskunalar, 
elektr pechlar, qozonxona qurilmalari, turli isitkichlar va hokazolar) bunday 
ob‘ektlarda, odatda, haroratni, beradigan havo, yoqilg‘i yoki energiya miqdorini 
rostlash talab etiladi;


92 
2) Gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarida qo`llanuvchi argegat va 
uskunalar (sug‘orish tizimlari qurilmalari, suv tarqatish jarayonlarida qo`llanuvchi 
nasoslar va nazorat o`lchovlari); 
3) Gidrotexnik inshootlarining mashina va mexanizmlari (to`sqichlar, 
surgichlar, mahkamlovchi armatura va x.k.); 
Ob‘ektlarning xossalari rostlash jarayonining boshidan oxirigacha ta‘sir etadi, 
shuning uchun avtomatik rostlash tizimining ishini analiz qilishda shu xossalarni 
hisobga olish kerak. 
Avtomatlashtirish ob‘ektlarini tavsiyalovchi asosiy xossalarga quyidagilar 
kiradi: ob‘ektning statik tavsifnomasi, dinamik tavsifnomasi, o`zida to`plash 
(akkumulyatorlik) qobiliyati, yoki tekislash, ob‘ektning o`tish vaqti va ob‘ektning 
vaqt konstantasi. 
 
Ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalari.
Ob‘ektning statik tavsifnomasi 
rostlanuvchi miqdor u (chiqish miqdori) ning topshiruvchi ta‘sir x (kirish 
miqdori)ga o`zgarmas g‘alayon F(t)=const li barqaror rejimda bog‘liqligini 
ko`rsatadi. Statik tavsifnomaning matematik ko`rinishi
u=f(t)
(10.4) 
Turli ob‘ektlarning statik tavsifnomalari har xil shaklda bo`ladi; agar ular 
chiziqli tenglamalar bilan yozilib, grafik to`g‘ri chiziq bilan ifodalansa, bunday 
ob‘ektlar chiziqli ob‘ektlar deb ataladi. 
Ko`pchilik ob‘ektlar nochiziqli statik tavsifnomaga ega bo`ladi, shu sababli 
avtomatika tizimlarini ham barqaror (statik), ham o`tkinchi (dinamik) rejimlarda 
tadqiq etish ancha qiyin.
Chiziqli ob‘ekt 1 va nochiziqli ob‘ekt 2 uchun statik tavsifnomalar 10.4 ,a -
rasmda ko`rsatilgan. 
Nochiziqli tavsifnomali tizimlarni tahlil qilish oson bo`lishi uchun statik 
tavsifnoma chiziqlantiriladi, ya‘ni nochiziqli tavsifnomaning ayrim bo`lagi, yoki 


93 
to`liq (3 egri chizik) chiziqli tavsifnomaga almashtiriladi. Bunday almashish 
ma‘lum xatolikka keltiradi. Hisoblarda noto`g‘ri natijalar olmaslik yoki katta 
xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun har qaysi alohida holda chiziqlantirishni qo`llash 
imkonini, shuningdek, nochiziqli tavsifnomani aniqlash zarur. 
 
10.4-rasm. Statik rostlash sxemasi (a) va rostlash tavsifnomasi (b) 
Ob‘ektning dinamik tavsifnomasi vaqtning istalgan payti uchun 
rostlanuvchi miqdor 
u(t)
ning o`tkinchi jarayonda topshiruvchi ta‘sir x(t) ga 
bog‘liqligini ko`rsatadi. Bu kattaliklar orasidagi bog‘lanish differensial tenglamalar 
bilan ifodalanadi. 
Ob‘ektning dinamik xossalari to`g‘risidagi to`liq tasavvurni uzatish 
funksiyalari va chastota tavsifnomalari beradi. 
Ob’ektning akkumulyatorlik (to`plash) qobiliyati

Download 3,59 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish