O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
 
 
(10.10)
 
bunda s – sig‘im koeffitsiyenti. 
Sig‘im koeffitsiyentiga teskari kattalik ob‘ektning g‘alayonlovchi ta‘sirlarga 
bo`lgan sezgirligini ifodalaydi. Ob‘ektning rostlanuvchi ko`rsatkichi bo`yicha 
sig‘im rostlanuvchi kattalik qiymati va sig‘im koeffitsiyentlarining ko`paytmasiga 
teng.
S = 

s
(10.11) 
Shunday qilib, sig‘im o`lchovi modda yoki energiyaning ob‘ektga 
keltirilgan va ob‘ekt chiqishining o`zgarishiga sarflangan miqdoridan iborat. 
Ob‘ektga biror miqdorda modda yoki energiya keltirishda ma‘lum qarshiliklardan 
o`tish kerak (qizitishda ob‘ektga berilgan issiqlik oqimi termik qarshilikka 
uchraydi: apparatga suyuqlik keltirilgan oqim gidravlik qarshilikka uchraydi). 
Qarshilik o`lchovi potensiallar farqining bir o`lchov birligiga teng bo`lgandagi 
modda yoki energiyaning ob‘ektga keltirilgan miqdoridan iborat. Ob‘ektning 
inersionligi uning sig‘imi va qarshiligiga bog‘liq. Sig‘im va qarshilik qancha katta 
bo`lsa, ob‘ektning inersionligi shuncha katta bo`ladi. Inersionlik o`lchovi chiqish 
kattaligining doimiy tezlik bilan o`zgarib, o`zining turg‘unlashgan holatiga 
yetguncha ketgan vaqtini ko`rsatuvchi vaqt doimiysidir. 
Bir va ko`p sig‘imli rostlanuvchi ob‘ektlar mavjud. Bir sig‘imli ob‘ekt bitta 
sig‘im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday ob‘ektlarda moddiy yoki energetik 
balansning buzilishi bir vaqtda rostlanuvchi ob‘ektning har bir nuqtasidagi 
rostlanuvchi kattalikning birlamchi o`zgarishiga olib keladi. Ko`p sig‘imli 
ob‘ektlarda o`tish qarshiliklari bilan bo`lingan ikki yoki undan ko`proq sig‘im 
mavjud. 
Bir sig‘imli ob‘ektlar – sathni rostlovchi apparatlar, ya‘ni bosim yoki sarfni 
saqlab turadigan truba. Sanoatda ko`p sig‘imli ob‘ektlar bir sig‘imli ob‘ektlardan 
ancha ko`p ishlatiladi. Ko`p sig‘imli ob‘ektlarning muvozanat holatida rostlanuvchi 
kattalikning qiymati turli nuqtalarda turlicha bo`ladi, muvozanat holati buzilganda 
esa u turli qonunlar bo`yicha turli vaqtlarda o`zgaradi. Oqib kirish (uzatish) 
tomonidan sig‘im va sarf (iste‘mol) tomonidagi sig‘imlar mavjud. Yaqinlashish 


99 
tomonidani sig‘im rostlanuvchi kattalikka ijrochi mexanizmning rostlovchi organi 
orqali ta‘sir ko`rsatuvchi modda yoki energiyaning tavsifnomalari bo`yicha 
aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig‘im rostlanuvchi muhit tavsifnomalari orqali 
aniqlanadi. Ba‘zan sig‘imsiz ob‘ekt tushunchasi uchraydi. Bunda juda kichik 
sig‘imli ob‘ektlar nazarda tutiladi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish