.
Har qanday rostlash
ob‘ektining texnikaviy jarayoni biror material muhitning yoki energiyaning kelishi,
sarflanishi, to`planishi va o`zgartirilishi va bilan bog‘liq. Ko`pchilik ob‘ektlar ish
jarayonida ish muhitini ob‘ekt ichida to`plash qobiliyatiga ega. Masalan, suv
bosimi bakida suv to`planadi, ichki yonuv motorining aylanuvchi qismlarida
energiya to`plash uchun unga maxovik o`rnatilgan; issiqxonalarda issiqlik
sig‘imiga ega bo`lgan barcha ob‘ektlarda issiqlik to`planadi va hokazo.
Akkumulyatorlik qobiliyati ob‘ektning rostlash xossalariga jiddiy ta‘sir etadi.
Ob‘ektning akkumulyatorlik xususiyati qancha kam bo`lsa, ish muhitining
(suvning) kelishi bilan sarflanishi o`rtasidagi balans buzilganda rostlanuvchi
miqdorning o`zgarish tezligi shuncha katta va binobarin rostlash shuncha murakkab
bo`ladi. Aksincha, ob‘ekt qancha ko`p sig‘imli bo`lsa, rostlash masalasi shuncha
yengil bo`ladi.
Ob‘ektlar sig‘imsiz, bir sig‘imli va ko`p sig‘imli bo`ladi. Sig‘imlar soni
turlicha bo`lgan ob‘ektlarga misollar 10.5-rasm, a, b, v da keltirilgan. Ob‘ektning
akkumulyatorlik qobiliyatni tavsiflash uchun sig‘im koeffitsiyenti S tushunchasi
kiritiladi. Bu koeffitsiyent ob‘ekt sig‘imi S ning rostlanuvchi miqdor tegishli
qiymatini u ga nisbati bilan ifodalanadi.
у
С
с
(10.5)
Sig‘im koeffitsiyenti S kancha katta bo`lsa, ob‘ektning galayonlarga
sezgirligi
shuncha kam bo`ladi; ob‘ektning sezgirligi rostlanuvchi miqdor
94
o`zgarish tezligi dy/dt ning g‘alayontiruvchi ta‘sirning o`zgarishi
F ga nisbatan
bilan ifodalanadi:
F
dt
dy
/
(10.6)
Ob‘ektning rostlanuvchi miqdorining vaqt ichida o`zgarishlari shig‘ov
egrisi deyiladi. Bunday egri chiziq hosil qilish uchun ob‘ektning kirishiga kirish
miqdori pog‘onasimon kiritiladi va chiqish miqdorining turli momentlari uchun
o`zgarishlari yozib boriladi. 10.5-rasm, g da sig‘imsiz (1 egri), bir sig‘imli (2 egri)
va ko`p sig‘imli (3 egri) ob‘ekt uchun dinamik tavsifnomalar ko`rsatilgan.
Sig‘imsiz ob‘ektda kelish (keluvchi oqim) qancha o`zgarsa, sarflanish
(ketuvchi oqim) Q
2
ham darhol shuncha o`zgaradi. Agar sig‘im mavjud
bo`lsa, ketuvchi oqim Q
2
oniy emas, balki vaqt ichida asta-sekin o`zgaradi.
10.5- rasm. Sig’imlar soni turlicha bo`lgan ob’ektlarga misollar:
a- sig’imsiz; b- sig’imli; v- ikki sig’imli; g- ob’ektning vaqt ichidagi o`zgarish egri
chizig’i
Ob‘ekt sig‘imi qancha katta bo`lsa, bu ob‘ektning shig‘ov egrisi shuncha yotiq
bo`ladi, chunki sig‘imda boshqaruvchi ko`rsatkich to`plana boradi.Ob‘ektning
akkumulyatorlik qobiliyati rostlagichni tanlashda hisobga olinadi.
Ob’ektning o`z-o`zidan tug’rilanish xususiyati
.
Ob‘ektning g‘alayonlanish
paydo bo`lganidan so`ng odam yoki avtomat rostlagich yordamisiz yana muvozanat
holatiga qaytish xususiyati o`z - o`zidan to`g‘rilanish deyiladi.
O`z-o`zidan to`g‘rilanishning sonli qiymati o`z-o`zidan tug‘rilanish darajasi
va tarqalish tezligi orqali baholanadi.
95
O`z-o`zidan tug‘rilanish darajasi
g‘alayonlovchi ta‘sirning shu ta‘sir
natijasida sodir bo`ladigan rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishiga bo`lgan
nisbatiga teng:
d
g
d
d
g
g
d
)
(
2
1
(10.7)
bunda g
1
- ob‘ektdagi modda yoki energiyaning nisbiy qo`shilishi; g
2
- ob‘ektdagi
modda yoki energiyaning nisbiy sarfi;
g - rostlanuvchi ob‘ektdagi ko`rilayotgan
vaqt mobaynida modda yoki energiyaning qo`shilishi va sarfining nisbiy ayirmasi;
- rostlanuvchi ob‘ektning nisbiy chetga chiqishi;
- o`z-o`zidan to`g‘rilanish
darajasi - o`lchovsiz miqdor.
Chiziqli ob‘ektlar uchun
=const. O`z-o`zidan to`g‘rilanish koeffitsiyenti
kirish signalining ko`rilayotgan o`tish kanali bo`yicha ob‘ektning kuchayish
koeffitsiyentiga teskari kattalikdir. Shuning uchun
qancha katta bo`lsa,
rostlanuvchi ob‘ektning bir miqdorli g‘alayonlovchi ta‘sir kuchidagi qoldiqli chetga
chiqishi shuncha kichik bo`ladi.
O`z-o`zidan to`g‘rilanish qobiliyatiga ega bo`lmagan (
=0) ob‘ektlar
neytral yoki astatik deyiladi. G‘alayonlovchi ta‘sir bo`lmasa, bunday ob‘ektlar
rostlanuvchi kattalikning istalgan qiymatida muvozanat holatda bo`ladi. Agar
muvozanat holati buzilsa, rostlanuvchi kattalikning o`zgarish tezligi g‘alayonlash
kattaligiga to`g‘ri proporsional bo`ladi. O`z–o`zidan to`g‘rilanish holati bo`lmagan
ob‘ektlarda rostlash jarayoni qiyinlashadi. O`z-o`zidan to`g‘rilanish rostlanuvchi
ob‘ektning kirishida ham chiqishida ham mavjud bo`lishi kerak. Nollik qiymatidan
tashqari, u musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. O`z-o`zidan to`g‘rilanish ma‘lum
(
=0) qiymatga ega bo`lgan ob‘ektlar modda yoki energiyaning berilishi va
iste‘moli o`rtasidagi tenglikni tiklash qobiliyatiga ega. Bunday ob‘ektlar turg‘un
yoki statik deyiladi. Agar o`z-o`zidan to`g‘rilanish darajasi
=
bo`lsa, ob‘ekt ideal
o`z-o`zidan to`g‘rilanishga ega bo`ladi. Bu demak, ob‘ekt o`zining muvozanat
holati va rostlanuvchi kattaligining o`zgarmas qiymatini har qanday g‘alayonlovchi
ta‘sirlar qiymatida ham saqlab qoladi. O`z-o`zidan to`g‘rilanishi (
<0) bo`lmagan
ob‘ektlarning statsionar rejimi muvozanat holati buzilganda qayta tiklanmaydi.
Bunday ob‘ektlar noturg‘un deyiladi. Ichki energiya manbaiga ega bo`lgan sodda
ob‘ektlar odatda turg‘un bo`ladi. Bunday manbalari bo`lgan fizikaviy tizimlar
(masalan, tizimda o`tayotgan jarayon ekzotermik reaksiya bilan birgalikda ketishi
mumkin) noturg‘un bo`lishi mumkin. Bu kabi ob‘ektlarni rostlash qiyinlashadi,
96
ayrim hollarda esa ularni avtomatlashtirish imkoni umuman bo`lmaydi.
10.6-rasmda statik, astatik, noturg‘un ob‘ektlar va ideal o`z-o`zidan
to`g‘rilanishli ob‘ektning tarqalish egri chiziqlari keltirilgan. Shuni ham aytish
kerakki, o`z-o`zidan to`g‘rilanishli ob‘ektlar uchun avtomat rostlagichning hojati
yo`k. Lekin, ideal o`z-o`zidan to`g‘rilanish qobiliyatiga ega bo`lgan asosiy
kattalikli ob‘ektda texnologik jarayonni rostlash talablariga to`g‘ri keladigan
yordamchi kattalikni tanlash kerak. Masalan, bir tarkibli suyuqlikning doimiy
bosimda qaynash jarayonini rostlash kerak. Apparatning moddani qaynatish uchun
yetarli bo`lgan issiqligi har qanday harorati doimiy bo`lgani uchun asosiy kattalik
hisoblangan qaynash haroratining rostlagichidan foydalanmaslikka to`g‘ri keladi.
Bir tarkibli suyuqlikning qaynash intensivligini boshqarish uchun yordachi
rostlanuvchi kattalik sifatida (agar apparatning gidravlik qarshiligidan o`tadigan
bug‘ tezligining o`zgarishi natijasida bosim deyarli o`zgarsa) bug‘lanuvchi
suyuqlikning bug‘ bosimi (agar suyuqlik bug‘lanish tezligining doimiy kerak
bo`lsa), issiqlik tashuvchining apparatga uzatish harorati va tezligi yoki
(o`zgaruvchi yukli bug‘latgichning ishini ta‘minlash kerak bo`lsa) issiqlik
tashuvchining uzatish tezligi va qayta ishlanayotgan suyuqlik o`rtasidagi
munosabatlari tanlanadi. Turli ob‘ektlar uchun o`z-o`zidan to`g‘rilanish
jarayonining o`tish vaqti turlicha bo`ladi.
Bu vaqt rostlanuvchi kattalik o`zgarish tezligining g‘alayonlovchi ta‘siri
qiymatiga bo`lgan nisbatidan iborat tarqalish tezligi orqali ta‘riflanadi. Tarqalish
tezligini ba‘zan rostlanuvchi ob‘ektning sezgirligi deyiladi.
3.8- rasm. Rostlash ob’ektlarining yugurish egri chiziqlari:
1- noturg’un ob’ekt; 2- neytral ob’ekt; 3- turg’un ob’ekt 4- ideal, o`z-
o`zidan to`g’rilanadigan ob’ekt;
- rostlanuvchi miqdorning nisbiy chetga
chiqishi
97
Bu ko`rsatkichning fizikaviy ma‘nosi shundaki, u tarqalish vaqtiga teskari
qiymatli kattalikdir. Tarqalish vaqti deb, chiqish kattaligining modda yoki
energiyaning kirishi va chiqishi o`rtasidagi maksimal nobalanslik holatidagi noldan
o`zining nominal qiymatiga yetguncha o`zgarish vaqtiga aytiladi. Nazariy jihatdan
cheksizlikka teng tarqalish tezligi kirish kattaligining o`zgarish vaqtidan chiqish
kattaligining o`zgarishi bir onda sodir bo`lishini bildiradi.
|