109
Bo`g‘inning vaqt tavsifnomasi, birlik funksiyasi va elektr analogi 11.6-rasm,
b
va
a
da ko`rsatilgan. Agar eksponenta tajriba yo`li bilan olingan bo`lsa, u holda
vaqt doimiysi 11.6-rasm, b da ko`rsatilgandek aniqlanadi.
Aperiodik bo`g‘inga
elektrik mashinalar, magnitli kuchaytirgichlar va
boshqa bir qancha qurilmalarning boshqarish chulg‘amlari kiradi.
Qayd qilish
kerakki, aperiodik bo`g‘in ko`pincha ART ning real konstruktiv elementlarini
ifodalaydi.
11.6-rasm. Aperiodik bo`g’in: a- elektrik sxema; b- vaqt tavsifnomasi
Differensiallovchi bo`g’in.
Ideal va real differensiallovchi bo`g‘inlar bor. Bu
bo`g‘inlarda chiqish miqdori kirish miqdoridan olingan hosilaga proporsionaldir,
boshqacha ayitganda, chiqish miqdori kirish miqdorining o`zgarish
tezligiga
proporsionaldir.
Ideal differensiallovchi bo`g‘inning tenglamasi quyidagicha yoziladi.
.
dt
dx
к
у
(11.11)
Real differensiallovchi bo`g‘inning tenglamasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
.
dt
dx
kT
y
dt
dy
T
(11.12)
Ideal bo`g‘inni chiqish qarshiligi nolga teng bo`lgan bo`g‘in deb (11.7-rasm,
a) qarash mumkin. Kirish miqdori pog‘onasimon o`zgarganda
bo`g‘inning chiqishida oniy chiqish impulsi hosil bo`ladi. Bunday oniy impuls
nazariy cheksiz katta amplitudaga ega bo`ladi. (11.7-rasm, b).
Real defferensiallovchi bo`g‘in odatda K va S ga ega bo`lgan to`rt
qutbli
ko`rinishida yasaladi (11.7-rasm, v), uning vaqt tavsifnomasi 11.7-rasm, g da
ko`rsatilgan.
Amalda (11.11) tenglamani qondiruvchi ideal bo`g‘in tuzish mumkin emas.
(11.12) tenglamadan ko`rinib turibdiki, T qancha kichik va k qancha katta bo`lsa,
110
real differensiallovchi bo`g‘in ideal bo`g‘inga shuncha yaqin bo`ladi. T qancha
katta bo`lsa, real differensiallovchi bo`g‘in kuchaytiruvchi bo`g‘inga
shuncha
yaqin bo`ladi va T=
bo`lganda u kuchaytiruvchi bo`g‘inga aylanadi. Vaqt
doimiysi T ning qiymatini urinma o`tkazish usulida (11.7-rasm, g) yoki
T=kS
dan aniqlash mumkin.
11.7-rasm. Differensiallovchi bo`g’inlar: a – ideal bo`g’ining elektrik sxemasi,
b – vaqt tavsifnomasi; v – real bo`g’inning elektrik sxemasi; g – vaqt
tavsifnomasi