ARTning asosiy namunaviy bo`g’inlari va ularning differensial




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
11.2. ARTning asosiy namunaviy bo`g’inlari va ularning differensial 
tenglamalari 
ART ning dinamik rejimdagi, ya‘ni rostlanadigan miqdor u g‘alayonlar 
ta‘sirida o`zgaradigan rejimdagi faoliyatini o`rganish uchun ART ning 
matematik ifodasini bilish zarur, boshqacha aytganda, differensial tenglamasiga 
ega bo`lish zarur. Har qanday ARTni harakati ko`pi bilan ikkinchi darajali 
differensial tenglamalar bilan ifodalanadigan oddiy bo`g‘inga ajratish mumkin. 
Bunday tenglamalarning koeffitsiyentlari bo`g‘inning yoki umumiy tizimning 
parametrlari deb ataladigan fizikaviy miqdorlarga bog‘liq bo`ladi. Bunday 
miqdorlarga massa, induktivlik, sig‘im, inersiya momenti va boshqalar kiradi. 
Chiziqli ART faqat chiziqli bo`g‘inlardan tuziladi, chunki birorta chiziq 
bo`lmagan bo`g‘in bo`lsa ham tenglamalar tizimida chiziqli bo`lmagan 
differensial tenglama paydo bo`ladi. Eslatib o`tish kerakki, chiziqli bo`lmagan 
bo`g‘inlarni matematik ifodalash murakkab. 
 
11.5-rasm. Tipik tashqi ta’sirlar: a – pog’onili, b – garmonik 
Avtomatika tizimini ‗tashkil etuvchi ko`pchilik fizikaviy qurilmalarni 
ularning dinamik tavsifnomasiga qarab beshta asosiy namunaviy bo`g‘inga yoki 
ularning kombinatsiyalariga ajratish mumkin. Shunda ARTning har bir elementi 
o`zining matematik ifodasini ko`ra faqat bitta bo`g‘inga munosib bo`lishi shart 
emas. Yuqori darajali dinamik tenglamali bir elementga bir nechta bo`g‘in yoki, 


108 
aksincha, bir bo`g‘in past darajali dinamik tenglamali bir nechta elementlarga 
mos kelishi mumkin. 
Namunaviy bo`g‘inlar inersiyasiz, aperiodik, differensiallash, integrallash va 
tebranish bo`g‘inlariga bo`linadi. Bunday tiplarga ajratishda bo`g‘inlarning 
tashqi namunaviy g‘alayonlarga kirish signalini oniy qo`shish yoki ajratish bilan 
bog‘liq bo`lgan birlik funksiya (11.5-rasm, a) va garmonik o`zgaruvchi 
tebranishlar (11.5-rasm, b) kiradi. Birlik sakrash bilan ta‘sir etilgandagi 
o`tkinchi jarayonning grafik shaklda ko`rsatilgan tenglamasi bo`g‘inning vaqt 
yoki dinamik tavsifnomasi deb ataladi. Bu tavsifnoma bo`g‘in harakati 
differensial tenglamasining boshlang‘ich nol shartlarda birlik kirish ta‘siri uchun 
yechimidan iborat bo`ladi, ya‘ni kirishga birlik sakrash berilguncha bo`g‘in tinch 
holatda bo`lgan deb qaraladi. Bu namunaviy bo`g‘inlarni batafsil ko`rib 
chiqamiz. 
 
Inersiyasiz (kuchaytiruvchi) bo`g’in.
Bu tipdagi bo`g‘inga chiqish miqdori
y
istalgan vaqtda kirish miqdori 
x
ga to`g‘ri proporsional bo`lgan barcha bo`g‘inlar 
kiradi.
Inersiyasiz bo`g‘ining tenglamasi quyidagicha yoziladi: 
y=kx
(11.9) 
bunda 

– uzatish koeffitsiyenti (kuchaytirish koeffitsiyenti). 
Bu bo`g‘inning dinamik tenglamasi uning statik tenglamasiga mos keladi. 
Bunday bo`g‘inlarga o`zgarmas tokning elektron kuchaytirgichlari, reduktorlar
ishqalanish va oraliqlari bo`lmagan turli richaglar, reostatli datchiklar va 
boshqalar misol bo`ladi. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ARTning asosiy namunaviy bo`g’inlari va ularning differensial

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish