O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


87 
10-bob.
 Avtomatlashtirish ob’ektlari va ishlab chiqarish jarayonlarini 
avtomatlashtirish haqida umumiy tushunchalar 
Texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
boshqarish 
jarayoni 
boshqariluvchi ko`rsatkichning berilgan algoritmlash funksiyasi asosida ma‘lum 
rejimda ushlab turish uchun yo`naltirilgan ta‘sirlarning yig‘indisidan iboratdir. 
Boshqariluvchi ob‘ekt- bu tashqaridan bo`ladigan maxsus ta‘sir orqali
texnologik jarayon algoritmini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi qurilmadir. 
Algoritm- bu bajarilayotgan jarayonning mazmuni va ketma-ketligini 
ko`rsatuvchi ma‘lum aniqlikda amalga oshiruvchi maxsus ko`rsatma hisoblanadi. 
Distansion boshqarish ma‘lum masofaga o`rnatilgan boshqariluvchi 
qurilma, ob‘ektlarni tekshiruvchi texnik vositalar va usullarni o`z ichiga oladi. 
Boshqarish uchun berilgan impulslar xizmatchi xodimlar orqali elektr simlari bilan 
maxsus tugmalar, kalitlar va boshqa boshqaruv qurilmalari yordamida amalga 
oshiriladi
.
Ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
kompleks 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish ishlab chiqarish hajmini va sifatini yaxshilash, mehnat sharoitini
yaxshilash va mahsulot tannarxini tushirish uchun hizmat qiladi va texnikani ish 
chegarasini oshiradi. Bunga erishish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish
lozim: 
- texnologik jarayonlarni uzlukli harakatdan uzluksiz harakatga o`tkazishni 
takomillashtirish; 
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi va ketma-
ketligini o`rnatish, boshqaruv algoritmi va metodlarini uzluksiz ravishda 
takomillashtirib borish; 
- qishloq va suv xo`jaligidagi avtomatlashtiriluvchi ob‘ektlarning statik va 
dinamik tavsifnomalarini aniqlash; 
- turli o`zgartirishlar kiritish maqsadida tekshirilayotgan parametrlarning 
funksional bog‘lanishlarini o`rganish; 
- avtomatlashtirish talablariga javob beruvchi yangi qurilmalarni ishlab 
chiqarish; 
- qurilmalarning aniqlik va ishlash mustahkamligini oshirish; 
Ob‘ektlar va texnologik jarayonlar harakatlanish asosi hamda turiga qarab 
ajratiladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash va avtomatika vositalarini 


88 
yaratish masalalaridan kelib chiqib qishloq va suv xo`jaligi ob‘ektlarini qiyidagi 
xususiyatlari bo`yicha ajratish mumkin: 
- texnologik jarayonlarning tipiga ko`ra; 
- texnologik va transport harakatining bir-biri bilan bog‘lanishiga qarab; 
- ob‘ektni dinamik xususiyatlari va qayta ishlanuvchi materialning agregat 
holatiga ko`ra. 
Texnologik 
jarayonlarni 
tipiga 
ko`ra 
ajratilishi 
avtomatlashtirish 
vazifalarini hal qilishda umumiy yechimga kelishga yordam beradi. Texnologik va 
transport harakati bog‘lanishiga qarab ob‘ektlar 3 turga ajratiladi: 1 -alohida 
harakatlanuvchi, 2-birgalikda harakatlanuvchi va 3-mustaqil harakatlanuvchi.
1- guruhga kiruvchi ob‘ektlarda ma‘lum qurilmalarda maxsulotga ishlov 
beriladi, qolgani faqat transport harakatini amalga oshiradi. Bu ob‘ektlar 
avtomatlashtirish nuqtai nazaridan quyi sinfga kiritiladi.
Transport va texnologik jarayonlar birgalikda olib boriladigan, ya‘ni 
materialga ishlov berish transport harakati vaqtida barobar amalga oshiriluvchi 
ob‘ektlar yuqori sinfga kiritiladi. 
Oliy sinf ob‘ektlari mustaqil harakatga ega. Bu holda transport harakati 
ishlov berish vaqtida texnologik harakatga esa transport harakati vaqtida amalga 
oshirilishi mumkin. Bunday ob‘ektlarni avtomatlashtirish ishlab chiqarish
jarayonlarini uzluksizligini ta‘minlash bilan birga ish unumdorligini oshishini 
ta‘minlaydi.
Avtomatlashtirish samaradorligi 3 ta asosiy masalaning yechimini o`z 
ichiga oladi: 
- yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni namunaviy holiga 
keltirish; 
- namunaviy texnologik jarayonni sifatli bajarishga yordam beruvchi yangi 
texnologik qurilmalarni yaratish; 
- avtomatikaning texnik vositalari yordamida texnologik jarayonlarni, 
operatsiya va qurilmalarini effektiv boshqarish algoritmini ishlab chiqish. 
Ishlab chiqarish jarayoni davomida turli texnologik zanjirlar mavjud 
bo`lishi mumkin. 
Texnologik zanjir texnologik jarayonlarning bir-biriga bog‘lanishini 
ifodalaydi. Alohida operatsiya va ish rejimlari, ularning bajarilish ketma-ketligi
bularning hammasi berilgan ishlab chiqarish jarayonida mashina va uskunalarning 


89 
harakatlanish ketma-ketligini optimal holda belgilab beradi. 
Avtomatlashtirilgan 
boshqaruv 
tizimlarini 
ishlab 
chiqishda 
avtomatlashtirish ob‘ektini chuqur o`rganish, uning barcha ish rejimlarini aniqlab 
olish zarur. Lekin ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirish darajasi va 
operatsiyalar turlichadir. Shuning uchun har qanday texnologik jarayon 
operatsiyalarga turlicha ajratiladi. Bu yerda quyidagi vazifalar ko`rsatilishi kerak: 
- avtomatik boshqarish tizimining maqsadi va vazifalari; 
- boshqarish ob‘ektining tarkibiy qismlari; 
- ishlab chiqarilayotgan tizimning qismlari orasidagi funksional va 
boshqaruvchi bog‘lanishlari; 
- boshqarish ob‘ekti va uning tarkibiy qismlarining rejimlari, bu rejimlar 
orasidagi mumkin bo`lgan texnologik o`tishlar soni; 
- u yoki bu rejimning algoritmi; 
- berilgan tizim uchun ishlatiladigan datchiklar va ijrochi mexanizmlar; 
- tizimning ma‘lum ish rejimini ko`rsatuvchi boshqaruvchi va tashqi ta‘sir 
signallarini tavsiflovchi matematik tenglamalar. 
Axborot beruvchi kattaliklar va texnologik zanjir aniqlangandan so`ng 
(tizimning) boshqariluvchi ob‘ekt (BO) va boshqaruvchi qurilmadan ‗tashkil
topgan tizimning tarkibiy sxemasi tuziladi.
Boshqariluvchi ob‘ektning xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklar umumiy 
ko`rinishda qo`yidagicha berilishi mumkin: 

Download 3,59 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish