Bir sig’imli va ko`p sig’imli ob’ektlar




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
10.2. Bir sig’imli va ko`p sig’imli ob’ektlar
Berilgan vaqtda ob‘ekt ichidagi modda yoki energiyaning miqdori sig‘im 
deyiladi. Demak, sig‘im ob‘ektning yoki energiyaning yig‘ish qobiliyati bo`lib 
uning inersionligini ifodalaydi. Sig‘im qancha katta bo`lsa, ob‘ektga ko`rsatilgan 
ta‘sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o`zgarishi shuncha past bo`ladi. 
Sig‘imlari katta bo`lgan ob‘ektlar sig‘imlari kichik bo`lgan ob‘ektlarga nisbatan 
turg‘unroqdir. 
Rostlanuvchi kattalikning qiymati o`zgarishi bilan ob‘ekt sig‘imi o`zgaradi. 
Ob‘ekt sig‘imining rostlanuvchi kattalikka ko`rsatgan ta‘sirini baholash uchun 
sig‘im koeffitsiyenti tushunchasi ishlatiladi. Sig‘im koeffitsiyenti rostlanuvchi 
kattalikni bir o`lchov birligiga o`zgartirish uchun ob‘ektga qancha modda yoki 
energiya kiritish yoki undan uzoqlashtirish kerakligini ko`rsatadi. Umuman, 
rostlash jarayoni modda yoki energiyani ob‘ektga yaqinlashishi va undan 
uzoqlashishiga ta‘sir ko`rsatish yo`li bilan rostlanuvchi kattalikni ma‘lum bir sathda 
ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi ob‘ektga kelgan modda yoki energiya 
miqdori 

Q
ni ob‘ekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataladi. Uning qiymati 
modda va energiyaning yaqinlashish 
Q
ya
va uzoqlashish 
Q
u
qiymatlarining 
ayirmasiga teng: 

Q = Q
ya 
- Q
u

(10.8) 
Rostlanuvchi ob‘ektning ichki rejimi sifatini ta‘riflovchi ko`rsatkich odatda 
rostlanuvchi kattalik 

dan iborat. Ob‘ektning muvozanat holatida 
Q
ya
=Q
u
 
bo`lib 

sifat ko`rsatkichi vaqt mobaynida o`zgarmas qoladi. Agar muvozanat buzilsa 
(
y
я
Q
Q

), 

ko`rsatkich, rostlanuvchi ob‘ekt xususiyatlariga muvofiq, vaqt 
bo`yicha o`zgaradi. Ob‘ektning sig‘imi uning muvozanatda bo`lmagan holatida
(
y
я
Q
Q

) rostlanuvchi kattaligining vaqt bo`yicha o`zgarish tezligini ta‘riflaydi. Bu 
bog‘lanishning umumiy ko`rinishi quyidagi funksiya orqali ifodalanadi: 


98 
)
(
Q
f
dt
d



(10.9) 
Qisqa vaqt oraliqlari uchun amalda bu funksiyani chiziqli deb hisoblash 
mumkin:
c
Q
dt
d




Download 3,59 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bir sig’imli va ko`p sig’imli ob’ektlar

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish