67
8-bob.
Ijrochi mexanizmlar
8.1. Ijrochi mexanizmlar haqida umumiy tushunchalar
Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi
uzatilayotgan signalga muvofiq harakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi.
Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to`sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko`rsatkichlari:
chiqish validagi aylanish
momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta‘sir etuvchi kuch;
aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni;
inersionlik vaqtini ko`rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining
aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti.
Ijro mexanizmini ishdan to`xtagandan so`ng turg‘unlashgan
rejim vaqtida
ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat
rostlash sifatiga ta‘sir ko`rsatadi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko`rsatkichlari-ularning statik va dinamik
tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko`ra ijro mexanizmlari
integrallovchi zvenolar guruhiga kiradi: W(p)= 1/ T
im
r,
bu yerda T
im
- maksimal
chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to`liq surilish vaqti.
Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko`ra sinflarga ajratish
mumkin: foydalanilgan energiya turiga ko`ra, chiquvchi organning harakat
harakteriga ko`ra; foydalanilgan yuritma turiga ko`ra hamda chiquvchi organning
harakatlanish tezligiga ko`ra.
Foydalanilgan energiya turiga ko`ra
IM lar elektr , pnevmatik, gidravlik
turlariga ajratiladi.
Chiquvchi organ harakat harakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to`g‘ri
harakatlanuvchan guruhlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan
va ko`p marta aylanuvchan bo`lishi mumkin.
Foydalanilgan elektr yuritma ko`rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali,
elektromagnitli, porshenli va membranali bo`lishi mumkin.
Chiquvchi organning harakatlanish tezligiga ko`ra IMlar doimiy tezlikka ega
bo`lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional
bo`lgan IMlarga ajratiladi.
Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishida elektr IMlar keng tarqalgan.
Ularni 2 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli.
68
Birinchi guruhga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali
IM lar odatda
elektr yuritma, reduktor va tormozdan ‗tashkil topadi (oxirgisi bo`lmasligi ham
mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o`zida yuritma va tormozga beriladi,
mexanizm to`xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi.
Signal yo`qolganda yuritma ishdan to`xtaydi, tormoz mexanizmni to`xtatadi.
Ikkinchi guruhga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi
klapanlar, vintellar, zolotniklar va bosh
q
a elementlarni boshqarish uchun
qo`llanilishi mumkin. Bu guruhga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin.
Solenoidli mexanizmlar odatda fakat ikki pozitsiyali
rostlash tizimlarida
qo`llaniladi.
Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil
topadi (oxirgisi bo`lmasligi ham mumkin).
Boshqaruv signali bir vaqtning o`zida yuritma va tormozga beriladi,
mexanizm to`xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi.
Signal yo`qolganda yuritma ishdan to`xtaydi, tormoz mexanizmni to`xtatadi.
Gidromeliorativ
tizimlar
va
gidrotexnik
inshootlarida
jarayonlarni
avtomatlashtirishda asosan elektrik ijro mexanizmlari,
harakatlanuvchi
mashinalarda esa gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari qo`llaniladi. Chiquvchi
organning harakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining turkumlanish sxemasi
8.1- rasmda ko`rsatilgan.
8.1-rasm. Chiquvchi organning harakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining
turkumlanishi