So‘ z-gap sirasiga shu to‘ rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar
kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘ z vazifasida ham keladi,
lekin ularning
substansial belgisi – so‘ z-gap bo‘ lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-
alohida ko‘ rib o‘ tiladi.
1.
Mustaqil holda alohida gap bo‘ la olish belgisi.
Bu belgi 4-belgi
bilan
chambarchas bog‘ langan. O‘ zbek lisoniy tizimi gapda ma’ lum bir
axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’ no va
munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘ lishini talab qiladi. So‘ z-
gapda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin
kesimlik ma’ no va munosabati so‘ z-gapning o‘ zida mujassamlashgan va
ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik
kategoriyasi ma’ nolari hamda kesimlik – gap markazi mavqeida kelishida
– fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap
sifatida voqelanuvchi
so‘ zning leksik ma’ nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda
kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.