a) ma’ no imkoniyati chegaralangan;
b) grammatik shaklni talab qilmaydi;
d) boshqa so‘ z bilan birikish qobiliyatidan mahrum;
e) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
f) ma’ noli qismga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ ayrioddiy,
biroq ma’ no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi.
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’ l,
ravish, taqlid so‘ z turkumlari gapning istalgan bir bo‘ lagi vazifasida kela olsa,
so‘ z-gap gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘ lovchi,
ko‘ makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.