Partiya, davlat, hukumat, tashkilot nomlari:
Milliy tiklanish partiyasi, Andijon
viloyati partiya raisi.
2.
Ilmiy siyosiy va madaniy muassasa nomlari:
Andijon davlat universiteti, Navoiy
teatri, O‘ zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi kabi.
3.
Kitob, gazeta, jurnal nomlari:
«O‘ zbek tili va adabiyoti» jurnali, «Hozirgi
o‘ zbek adabiy tili»
4.
Turli geografik nomlar:
Shimoliy muz okeani, O‘ rta Osiyo, O‘ rta Sharq, Orol
dengizi kabi.
5. Har ikkala komponenti ham holi o‘ z leksik ma’ nolarini butunlay
yo‘ qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo‘ lagi funksiyasida
keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi
murakkab fe’ llar.
6.
Havo rang, kul rang, shisha rang, och rang
kabi murakkab sifatlar.
7.
O‘ n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to‘ qqiz yuz yetmish
to‘ rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech bir, hech
narsa, ba’ zi bir, qaysi bir, ana o‘ sha, mana shu
kabi murakkab olmoshlar.
8.
Har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir
nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o‘ tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni,
kuni kecha, shu yerda
kabi har birini alohida qo‘ llash mumkin bo‘ lgan ikkita
so‘ zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan murakkab ravishlar.
9.
Kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqadi, boshini olib ketmoq,
yostig‘ ini quritmoq
kabi frazeologik birikmalar odatda, erkin so‘ z birikmalari
gapda ajralib turadi, ularning komponentlari alohida bo‘ lak funksiyasida
shakllanadi, gap mazmuniga nisbatan mustaqil bo‘ ladi. Masalan, ko‘ pincha
atributiv birikmaning tobe komponenti aniqlovchi, hokim komponenti boshqa
bo‘ lak, relyativ birikmaning tobe komponenti hol, hokim komponenti boshqa
bo‘ lak funksiyasida keladi.
Biroq so‘ z birikmalarining har bir komponenti gapda doim alohida bo‘ lak
vazifasida kelavermasdan, ba’ zan, so‘ z birikmasi yaxlitligicha bitta bo‘ lak
bo‘ lib keladi. Masalan,
Bu kishi Arslonbek akaning o‘ g‘ li. Militsiyamiz –
qonunbuzarlar dushmani
gaplaridagi Arslonbek akaning o‘ g‘ li, qonunbuzarlar
dushmani birikmalari gapning bitta ajralmas bo‘ lagi bo‘ lib, kesim vazifasida
kelgan. Yoki
O‘ zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ko‘ ngil xazinasining guli –
til
(Navoiy) gaplarining egasi so‘ z birikmasi bilan ifodalangan.
Demak, murakkab bo‘ lak so‘ z birikmasi bilan ifodalanadi.
Murakkab bo‘ lak vazifasida ko‘ pincha izofa xarakteridagi ajralmas birikmalar:
qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so‘ zlardan tuzilgan birikmalar,
kesimi sifat, bor, yo‘ q so‘ zlari bilan ifodalangan «ega+kesim» modelidagi
qo‘ shilmalar, sifatdosh va ravishdosh oborotlari, gapdan tashqarida erkin bo‘ lsa
ham, gapda alohida bo‘ lak sifatida ajratish mumkin bo‘ lmagan so‘ z birikmalari
kela oladi.
Masalan,
Yaxshining so‘ zi – qaymoq, yomonning so‘ zi – to‘ qmoq
(maqol)
Erning vaziri – xotin
(maqol)
Dunyoning ishlari Ziyodulla o‘ ylagandan ancha mushkulroq bo‘ lib chiqdi.
Navoiy – g‘ azal mulkining sultoni
(Shayxzoda)
Begona yurtda shoh bo‘ lgandan, o‘ z yurtingda gado bo‘ lgan yaxshi
(maqol)
Bo‘ laklar gapda vazifa bajarishi jihatidan bir xil emas. Ba’ zi bo‘ laklar gapning
mazmuniga aniqlik kiritish, to‘ ldirish kabi vazifalarni bajaradi, bularning
qo‘ llanmasligi gap mazmunini, tuzilishini tubdan o‘ zgartirib yubormaydi. Ular
gapda qo‘ llanmasa ham, o‘ zining gaplik holatini o‘ zgartirmaydi. Ba’ zi
bo‘ laklar esa, aksincha, gapda ishtirok etishi mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz
gapning o‘ zi maydonga kelmaydi. Mana shu nuqtai nazardan bo‘ laklar ikki turga
ajratiladi: bosh bo‘ laklar, ikkinchi darajali bo‘ laklar.
Gapning bosh bo‘ laklari gapning asosini – markazini tashkil qiladi, ular
konstruktorlik
xususiyatiga
ega
bo‘ lib,
gapda
boshqa
bo‘ laklarni
markazlashtiradi. Bosh bo‘ laklar ikkinchi darajali bo‘ laklarsiz ham hukm
ifodalaydi – kommunikativ funksiya bajaradi.
Demak, gap uchun zarur bo‘ lgan predikativlik tushunchasi bosh bo‘ laklar orqali
ifodalanadi.
Predikativ aloqa (ega+kesim aloqasi) bayoni aloqa bo‘ lib, inkor va tasdiqni o‘ z
ichiga oladi. Bular harakat, holat, belgi tushunchalarni voqelik va zamon bilan
bog‘ laydi, so‘ zlovchining ana shu voqelikka bo‘ lgan munosabatini ko‘ rsatadi.
Masalan,
|