yo‘ nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik tomoniga
asoslanadi.
11
Bu yo‘ nalishda gapning har bir tuzilish
tarixining umumiy grammatik
tomonini topishga harakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik
ma’ nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ ra, mazmun
grammatik shakllanmay, o‘ z holicha mavjud bo‘ lmaydi. Shuning uchun gapning
barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo‘ lib xizmat qiladi.
Har bir gapda ma’ lum obyektiv mazmun moddiy vositalar – sintaktik shakllar
vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik
tuzilishi hisoblanadi.
Sintaktik tuzilish ham o’ zaro munosabatda bo’ lgan bir necha unsurlardan tashkil
topgan bir butunlikdir.
12
Sintaktik tuzilishning unsurlari an’ anaviy tilshunoslikda g a p b o’ l a k l a r i
termini bilan nomlanadi. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik
shaklning tobe aloqaga kirishishi (o’ zaro deminatsiya munosabati)
uning gap
bo’ lagi hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Gap bo’ lagi ma’ lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik munosabatdagi
vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ ldiruvchi vaziyati va
boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’ lgan lekin bu mazmuniy
munosabat shakliy jihatdan tobe munosabat (aloqa) orqali emas, balki undash va
kirish munosabatlar orqali ifodalangan birliklar sintaktik
tuzilish birligi sifatida
qaralmaydi. Bu esa butunni bo’ laklarga bo’ lish asosida zid keladi. Chunki butun
bo’ laklarga ma’ lum asosda shunday bo’ linishi kerakki, butunning birorta unsuri
bo’ linishdan tashqari qolmasligi kerak.
Gap bo’ laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to’ la qamrab olmas ekan,
demak, gapni bo’ laklarga gap bo’ laklari rubrikasi ostida ajratish yetarli asosga
11
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тили назарий грамматикаси. Тошкент, 1995.
12
Абдураҳмонов Ғ.ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили (Синтаксис). Тошкент, 1979.
ega emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu masala ham eng munozarali
masalalardan biri bo’ lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan uning ziddiyatini
hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’ lish mumkin:
1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan
sintaktik shakllar;
Bularning birinchi guruhi an’ anaviy gap bo’ laklari hisoblanadi.
So’ zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’ g‘ risida xabar berishi yoki ma’ lum
predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yo inkor qilishini ifodalaydigan
gap darak rap deyiladi. Masalan,
Manzura yigitlarning qizg‘ in suxbatiga quloq
soldi.
So’ zlovchining o’ ziga noma’ lum bo’ lgan biror voqeani suhbatdoshdan
bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap s o’ r o q gap deyiladi.
Buyurish, iltimos, taklif, xohish, o’ git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil
ifoda ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni
bajarishga yoki undan voz
kechishga da’ vat qiladi:
Jangga kirdingmi qo’ rquvni unut. O‘ limni emas,
o’ ldirishni o’ yla.
Darak, so’ roq , buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan talaffuz qilinishi va bu
intonatsiyada so’ zlovchining his-hayajoni, ruhiy kechinmalari o’ z ifodasini
topishi mumkin. Emotsional qimmat kasb etgan bunday gaplar undov gap deb
ataladi. Masalan,
Siddiqjonning bu vajohati Zunnunxo’ janing o’ yinini puchga
chiqardi... shuning uchun Siddiqjondan baland kelishga tirishib, jahl bilan
—
Yana
nima kerak?!
—
dedi.
—
Yana nimam bor?!
—
Kirmaysiz xonaga!
—
Kiraman!
—
Kirmaysiz!
—
Kiraman!
—
Ahmoq
—
Ahmoq bo’ lmaganimda, shu ahvolga
tusharmidim?!
Predmetda biror belgining mavjudligini yoki biror ish-harakatning yuzaga
kelganligini, yuzaga kelishi mumkinligini anglatadigan gap tasdiq gap deyiladi: —
Odamlar bundan ming yil ilgari ham quyosh nuridan foydalanishni bilganlar.
Inkor gap predmetda biror belgining mavjud emasligini yoki biror ish-harakatning
sodir bo'lmaganligini, sodir bo’ lishi mo’ ljallanmaganligini anglatadi. Inkor gap
inkor anglatadigan vositalar yordamida shakllanadi:
Undov gaplarda inkor va tasdiq kuchli emotsiya bilan ifodalanadi. Gap grammatik
jihatdan tasdiq formasida bo'lsa ham, logik jihatdan undov-inkor gap ekanligi
anglashilib turadi:
Nahotki yerimiz chappa aylanib, nahotki daryolar oqar teskari!