Texnika va texnologiya rivojlanishi




Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/89
Sana03.03.2023
Hajmi1.72 Mb.
#44137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
yog va moy texnologiyasining nazariy asoslari fanidan maruzalar
4-mavzu sarf o`lchash, Rivojov Murodjon 2-20, Ochiq dars bayonnomasi namunasi
Texnika va texnologiya rivojlanishi. Taxminan 1600 yillar atrofida 
Yevropada ponali presslar paydo bo‘ldi, ular mustahkamroq bo‘lgani sababli richagli 
va vintli presslarni o‘rnini ola boshladi. Bu pressning ishchi organi ikki juft vertikal 
joylashgan cho‘yan plitalardan iborat, ular dubdan yasalgan, to‘g‘ri burchakli 



tog‘oraga 
kiritilgan. 
Tashqi 
plitalar 
pressning 
korpusi 
devorlariga 
harakatlanmaydigan qilib mustahkamlangan, ichki plitalar esa gorizontal 
harakatlanishi mumkin. Material qoplarda plitalar orasiga joylashtiriladi va qarama-
qarshi joylashgan ponalar harakati yordamida siqiladi. To‘g‘ri ponali qoqish bilan 
teskari ponalar harakati yordamida siqiladi. To‘g‘ri ponali qoqish bilan teskari 
ponalar tortilib, plita va materialga ta’sir etuvchi bosim hosil qilinadi. Moy plitalar 
teshikchalaridan oqib chiqadi. Moy oqishi tugagandan so‘ng press bo‘shatiladi. 
«Moyjuvoz» termini ham ayni shu usul bilan bog‘langan bo‘lsa kerak. 1750 yilda juft 
vali (juvalar) stanoklar, 1795 yilda gidravlik presslar (Angliyada) kashf etildi va 
qo‘llanila boshlandi. 1832 yilga kelib yopiq turdagi presslar paydo bo‘ldi, ular 1880 
yildan keng qo‘llanila boshlandi. Amerikada 1880 yil ko‘p qavatli presslardan 
foydalana boshladilar.
Gidravlik presslarning barcha turlari ko‘pgina kamchiliklarga ega edi, ulardan 
asosiysi – presslar davriy ravishda ishlardi. Bundan tashqari ular juda ko‘p miqdorda 
press movuti sarflashni talab etardi, ko‘p moy kunjara bilan qo‘shilib ketardi, 
murakkab gidravlik bosim sistemasi qurilmalarini talab etardi. Bularning hammasi 
to‘xtovsiz ishlaydigan presslar ishlab chiqarishdagi izlanishlarga undadi.
Qator kostruksiyalar orasida Bessemer pressi shu turkum presslari orasida 
birinchilardandir. Shnekli ishchi mexanizmi to‘xtovsiz harakat qiladigan presslar 
birinchi bo‘lib XX- asr boshlarida Anderson tomonidan kashf etilgan. Germaniyada 
chiqariladigan shnekli presslar Yevropada keng tarqalgandi. 
Hozirgi davrda SKET (Germaniya) firmasi turli xil yangi tipdagi presslar 
ishlab chiqarmoqda.
Shnekli to‘xtovsiz harakat qiladigan presslarning katta yutuqlari bilan birga, bu 
usul kamchiliklarga ham ega: kunjara tarkibida ko‘p miqdorda moy qolib ketadi. Bu 
moy olishning yangi va puxta usullarini ishlab chiqishni talab etardi. Natijada moyni 
yengil uchuvchan organik erituvchilar yordamida ishlab chiqarish, ya’ni ekstraksiya 
usuli kashf etildi va birinchi marta 1856 yilda Fransiyada Diss tomonidan sanoat 
masshtabida qo‘llanildi. Diis organik erituvchi sifatida uglerod sulfiddan foydalandi. 
Ammo apparaturaning sodda va qoloqligi, sistemada germetiklikning yo‘qligi va 
ishlab chiqarish rejimining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli bu usulning keng 
tarqalishini qiyinlishtirdi. Benzin bilan ekstraksiyalash usuliga birinchi patent 1867 
yil Germaniyada olindi, 1879-82 yillarda tindirish usuli bilan ishlaydigan 
qurilmalarga patentlari olindi. Ekstraksiya qurilmalarining keyingi rivojlanishi, qator 
ekstraksiya materialini ketma-ket yog‘sizlantirishga asoslangan, batareyali sistemasi 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Geyilning ekstraksion qurilmasi shu qurilmalarning tipik 
vakilidir.
XX - asr boshlarida «Keber» firmasining batareyali ekstaksion qurilmalari 
paydo bo‘ldi va sanoatda keng tarqaldi, ular ba’zi Yevropa mamlakatlarida hozirgi 
vaqtgacha ishlab kelmoqda.




Download 1.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish