63
II BОB. KОNCHILIK KОRХОNАLАRINING ELEKTR
YUKLАMАLАRI
2.1. Kоnchilik kоrхоnаlаrining elektr yuklаmаlаri to‘g‘risidа
umumiy mа’lumоt
Kon korxonalari aktiv va reaktiv energiyani iste’mol qiladilar.
Aktiv energiya foydali ish bajarish uchun va isrof ko‘rinishida sarf
bo‘ladi. Reaktiv energiya esa,
asinxron yuritgichlarda, transformator-
larda taqsimlash tarmoqlarida magnit maydonini hosil qilish uchun va
to‘g‘irlagich (ayniqsa ventilli) qurilmalarga zarur bo‘lgan reaktiv
energiyani to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Korxonalardagi podstansiyalarni va taqsimlash punktlarni quvva-
tini, sonini, joylashtirish o‘rnini aniqlash taqsimlash tarmoqlarni kuch-
lanish qiymatini,
tuzilishini, turlarini, kesimini hisoblash turli himoya
qurilmalarni, reaktiv quvvat tanqisligini to‘ldiruvchi qurilmalarni
tanlash uchun aktiv va reaktiv elektr yuklamalarni to‘g‘ri
aniqlash
benihoya katta ahamiyatga ega.
Yuklamalar qiymatini oshirib aniqlash elektr uskunalarni sonini
ko‘payishiga, rangli metallarni ortiqcha sarf qilishga olib kelsa,
kamaytirib aniqlash esa tarmoqlarni,
transformatorlarni qizishiga,
isrofni ko‘payishiga, elektr ta’minotni ishonchliligini susaytirishga va
elektr energiyani sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashishiga sabab bo‘ladi.
Elektr iste’molchilarni turli tartibda ishlashi, vaqt davomida
yuklama qiymatlarini o‘zgarib turishi, ishlash
sharoitlarini turliligi
umumkorxona yuklama qiymatini aniqlashda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bundan tashqari, ba’zi mashina va mexanizimlar yuritmalarining
quvvatini oshirib qabul qilish, yuklamalar qiymatini nazariy
asoslash-
ga xalaqit beradi. Foydali qazilmalarni fizik, mexanik ko‘rsatkich-
larining хilma–xilligi, geologik joylashishni turliligi, bir xil mashina
va mexanizmlarni har turli
sharoitlarda ishlatilishi, ularga xizmat
ko‘rsatish saviyasini har turliligi, yuklamalar qiymatini oldindan
aniqlash uchun ilmiy asoslangan usullarni
yaratilmaganligiga sabab
bo‘ladi.