O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/154
Sana22.06.2024
Hajmi7,14 Mb.
#265132
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)

 
 
 


64
2.2. Kon korxonalarining elektr iste’molchilarini ayrim 
xususiyatlari 
 
Foydali qazilmalarni qazib olish usuliga qarab kon korxonalari-
ni uchta katta guruhga bo‘lish mumkin: 
1) foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish korxonalari 
(shaxtalar yoki rudniklar); 
2) foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish korxonalari 
(karyerlar); 
3) boyitish fabrikalari. 
Shaxta yoki rudniklardagi elektr iste’molchilar turiga, hududida 
joylashishiga, ishlash sharoitiga qarab shartli ikki katta guruhga bo‘lish
mumkin. Birinchi guruhga – shaxtalarning yer ustki qismidagi iste’-
molchilar kirsa, ikkinchi guruhga – yer ostki qismidagi iste’molchilar 
kiradi.
Birinchi guruhga – katta quvvatli (500 kVt va undan yuqori) 
ko‘tarish mashinalarning, bosh ventilyator qurilmalarning (300 kVt 
gacha), havo siqish (kompressor) mashinalarning (500 kVt gacha) 
yuritmalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu yuritmalar, 6–10 kV 
kuchlanishli elektr energiya bilan ta’minlanadilar va har turli elektr 
yuritgichlardan (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokli, asinxron yoki 
sinxron) foydalaniladi. Shaxtalarni yer ustki qismida texnologik komp-
leksni, boyitish fabrikalarni va turli yordamchi (mexanika, energetika 
sexlar) korxonalarni iste’molchilari joylashgan. Bu iste’molchilar 
pasaytiruvchi podstansiyalardan (6–10/0,4 kV) ta’minlanadilar va har 
turli tartibda ishlash jarayonida qatnashib va turli talablarga javob 
berishlari kerak.
Ikkinchi guruhga – shaxtalarning yer ostki qismidagi iste’mol-
chilar stvol atrofidagi hovlilarda, transport lahimlarda, qazib olish va 
lahimlarni o‘tish uchastkalarida joylashadilar. Stvol atrofidagi hovlida 
katta kuchlanishli nasos qurilmalar, elektrovoz transporti uchun 
to‘g‘irlagich qurilmalar va boshqa ko‘p sonli mayda iste’molchilar 
joylashtirilgan.
Qazib olish va tayyorlash uchastkalarda har xil kuchlanishli (380, 
660 va 1140 V), har xil quvvatli va har xil tartibda ishlaydigan 
iste’molchilar – kombaynlar, konveyrlar, burg‘ulash mashinalar, 
ventilyatorlar, lebedkalar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Bu 


65
mashinalarning yuritgichlarining quvvati bir necha kVt dan bir necha 
yuz kVt gacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari bir mashinada bir 
necha yuritgichlar o‘rnatilishi yoki bir necha mashinalarning ishlashi 
bir–biri bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Shu sababli, yuklama-
larning qiymatini aniqlashda yetarli qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish korxonalarning 
elektr iste’molchilari yuqori kuchlanishli (6–10 kV), katta quvvatli, bir 
mashinada o‘nlab yuritgichlar o‘rnatilganligi va har xil elektr 
energiyasiga (o‘zgaruvchan, o‘zgarmas) mo‘ljanlanganligi, bir joydan 
ikkinchi joyga ko‘chib turishi bilan boshqa korxonalar elektr 
iste’molchilaridan katta farq qiladi. Bularga misol qilib bir va ko‘p 
cho‘michli ekskavatorlarni, ag‘darma ko‘priklarni, lentali konveyrlarni 
ko‘rsatish mumkin.
Kon korxonalari qatoriga kiruvchi boyitish fabrikalarida foydali 
qazilmalarni maydalash va boyitish uchun maydalash mashinalar, 
tegirmonlar va nasoslar qo‘llanadi. Ularning quvvati 2000–2500 kVt 
gacha bo‘lishi mumkin. 
Elektr energiyani sarf qiymatiga kon korxonalarining o‘ziga xos
xususiyatlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu xususiyatlarga foydali 
qazilmalarning fizik, mexanik, kimyoviy ko‘rsatkichlari, texnologik 
jarayonda qabul qilingan foydali qazilmalarning qazib olish tizimi, 
suvning oz–ko‘pligi, gazliligi, texnologik jarayonini mexanizatsiyalash 
darajasi va boshqalar kiradi. Masalan, ko‘mir qatlamlari yassi 
joylashgan shaxtalarda bir tonna ko‘mirni qazib olish uchun 30–40 
kVt
.
s., o‘ta qiya qatlamli shaxtalarda 60–70 kVt
.
s., suv yordamida 
foydali qazilmalarni qazib olish shaxtalarda 75–80 kVt
.
s., ochiq kon 
korxonalarda 20–30 kVt
.
s., ruda shaxtalarda 15–20 kVt
.
s. va boyitish 
fabrikalarda 30–35 kVt
.
s elektr energiya sarf qilinadi.
Korxonalarning elektr yuklamasini aniqlash uchun elektr iste’-
molchilarning soni, ularni joylashishi va nominal quvvatlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar kerak. 
Elektr iste’molchilarni pasportida ko‘rsatilgan quvvatni nominal 
aktiv – P

(kVt) yoki nominal to‘la – S (kVA) quvvat deb ataladi.
Qaytariluvchi qisqa vaqt tartibida ishlaydigan elektr iste’mol-
chilarni pasportida ko‘rsatilgan quvvatni (
P
pasp.
) nominal davomli 
quvvatga quyidagi ifoda bilan keltiriladi: 


66
UD
P
P
pasp
nom


bu yerda UD – yuritgich pasportida ko‘rsatilgan nisbiy ulanish
davomiyligi. 

Download 7,14 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. L. Haqberdiyev kon korxonalarini elektrlashtirish

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish