Tilchali ignalarni avtomatik chiziqda tekshirish.
Avtomatik chiziqda ignalari
tayyorlash aniqligini taiminlash uchun ignani radial siqilgan diametrini, kesilgan igna
uzunligini, igna konusi burchagini va ignani umumiy uzunligini avtomatik nazorat
qilish nazarda tutilgan.
Siqilgandan so„ng igna diametrini nazorat qiluvchi qurilma 10.5-rasmda
ko„rsatilgan. Igna 5 tayyorlamasini o„lchash doirasiga uzatish paytida richag 3
taqsimlovchi val 7 ni qulochi 6 ta‟sirida pastga tushadi va o„zgartirgich 1 ni
o„lchovchi o„zagi 4 ni bo„shatadi.
10.5-rasm.Igna diametrini nazorat qiluvchi qurilma
Plastina 2 o„zak 4 ni siljishini cheklaydi. Agarda diametrini joizligi berilganiga
mos kelmasa, signal uzatiladi va avtomatik chiziq to„xtaydi; yorug„lik ekrani nuqson
doirasini qayd etadi. Kesilgan ignani uzunligini nazorat qilish uchun maxsus
o„zgartirgichdan foydalaniladi. O„lchanayotgan igna nazorat doirasiga kelib tushgan
tirgak bo„yicha asoslanadi va o„lchov plitasiga siqiladi. Agarda nazorat qilinayotgan
o„lcham joizlik maydoni tashqarisiga chiqsa, avtomatik chiziq to„xtaydi va yorug„lik
ekrani nuqson doirasini qayd etadi.
Konusni charxlash operatsiyasini nazorat qilish uchun oddiygina qurilmad an
foydalaniladi. (10.6-rasm). Igna 1 itargich yordamida nazorat qurilmasiga uzatiladi.
Nazorat qurilmasi richag 2 va qo„zg„almas plastina 3 ga ega. Richag 2 va
qo„zg„almas plastina 3 nazorat qiluvchi konusga ega.
276
10.6-rasm.Konusni charxlash operatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma
Igna konusini nazorat konusiga mos kelmaganda prujina 4 ta‟sirida o„qqa
nisbatan buriladi va kontaktli plastina 5 bilan tutashadi. Buzilish yorug„lik ekranida
qayd etiladi. Ishlash davomida o„tmaslashib qolgan frezani almashtirish zaruriyati
frezalashdagi ma‟lum kesish kuchiga sozlangan, maxsus qurilma bilan nazorat
qilinadi. Igna 12 da bo„ylama ariqcha ingichka diskali freza 11 bilan qirqiladi.
Frezani uzatilish avtomat chizig„i taqsimlovchi valida qotirilgan qulochcha 1 orqali
amalga oshiriladi. Prujina 2 richag 3 ni quloch bilan kontaktni taiminlaydi. Richag 3
dan korpus 10 ga siljish tarirovka qilingan prujina 4 orqali amalga oshiriladi[9].
Frezalash
jarayonida
freza
tishlarini
kesuvchi
qirralarini
eyilish
va
o„tmaslashishi kuzatiladi, bunda frezalashdagi kesish kuchlari ortadi.
Tarirovka qilingan prujina 4 cho„ziladi, korpus 10 ga nisbatan qayd etilgan
sozlash gaykasi 9 richag 3 dan uzoqlashadi va 8 bayroqcha, gayka 9 bilan birga
tushayotganda izolyatorni plastina 6 da qotirilgan elektrik kontakt 7 ni tutashtiradi.
Kontakt tutashganda yorug„lik ekrandagi chiroqcha yonadi. To„rtta blok freza
tishlarini o„tmaslashishi va sinishini nazorat etuvchi jixozlarga ega. Igna ariqchasida
tilchani bo„lishligini bloklovchi qurilma nazorat qiladi.
Taxlanishdan oldin ignalar tayyorlash sifatini chiquvchi avtomatik nazorat
qilishdan o„tadilar. Avtomat chiziqda avtomatik nazoratini to„qqizta holatlari
joylashgan. Avtomatik chiziq chiziqda o„rnatilgan nazorat qurilmalari va
o„zgartirgichlardan kelayotgan signalni sozlovchiga uzatishga mo„ljallangan
boshqarish puliti va yorug„lik signal ekraniga ega.
277
NAZORAT SAVOLLARI
1.Ignadonlarni mo„ljallanishi
2.Ignadonlarni tuzilishi
3.Ignadonlarni materiali
4.Ignadonlarni tayyorlashga texnik talablar
5.Ignadonlar uchun tayyorlama
6.Ignadonlarni tayyorlash texnologik jarayon ketma-ketligi
7.Ignadonlarni tayyorlash texnologik jarayonida ishlatiladigan texnologik
vositalar
8.Ignadonga metall cho„tka bilan ishlov berish
9.Ignadonga metall cho„tka bilan ishlov berishdagi yuza g„adir-budurligi
10.Ignadon chuqurligini nazorat qilish
11.Tilchali ignani mo„ljallanishi
12.Tilchali ignani tuzilishi
13.Tilchali ignani materiali
14.Tilchali ignani tayyorlamasi
15.Tilchali ignani tayyorlashtexnologik jarayon ketma-ketligi
16.Tilchali ignani tayyorlamatexnologikjarayonida ishlatiladigan texnologik
vositalar
17.Tilchali ignani tayyorlashdagi texnik talablar
18.Tilchali ignani tayyorlashdagi ishlatiladigan o„zimoslanuvchan moslama
19.Avtomat chiziqda ignalarni nazorat etish
20.Freza tishini o„tmaslashib qolishini nazorat etuvchi qurilma
|