• Ignadonlarni tayyorlamasiga texnik talablar.
  • Ignadonlar uchun material va tayyorlama.
  • Ignadonlarni tayyorlash.
  • -BOB.TRIKOTAJ MASHINALARI DETALLARINI TAYYORLASH




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi8,1 Mb.
    #244991
    TuriУчебник
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
    Bog'liq
    Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

    10-BOB.TRIKOTAJ MASHINALARI DETALLARINI TAYYORLASH 
    TEXNOLOGIK JARAYONLARI 
    10.1.Ignadonni tayyorlash texnologik jarayoni 
    Ignadonlarni mo„ljallanishi va konstruktiv xususiyatlari

    Trikotaj 
    mashinalarini o„ziga xos detallaridan biri ignadondir, uzunligi 1m. eni 0,012m. va 
    qalinligi 0,01m., ko„ndalang va bo„ylama qirqilgan ariqchalarga ega plastina 
    ko„rinishida bo„ladi. Ko„ndalang ariqchalar bo„ylab polotno shakllantiruvchi ignalar 
    harakatlanadi (10.1-rasm). 
    10.1-rasm Trikotaj mashinasini yassi to„quv ignadoni 
    Trikotaj ignalari bilan bir qatorda ignadon trikotaj mashinasini muhim qismini 
    hosil qiladi va uni tayyorlash texnologik aniqligi va sifati ko„p jihatdan ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulot sifatiga taisir qiladi. 
    Ignadonlarni ekspluatatsion xususiyatlari ko„ndalang ariqchalarni eni qadami va 
    chuqurligi aniqligi, uruvchi taroqlarini va ko„ndalang ariqchalarni ishchi yuzalarini 
    mikrogeometriyasi va ignaturuvchilarni ruxsat etilgan cho„kuvchanligi bilan 
    belgilanadi

    Ignadonlarni tayyorlamasiga texnik talablar.
    Ignadonlarga qo„yidagi talablar
    qo„yiladi: yuqori va quyi tekisliklarni parallellikdan og„ishi 0,01mm. gacha; uruvchi 


    259 
    taroqlar va ko„ndalang ariqchalar ishchi yuzalarni g„adir-budurligi Ra=1,25mkm; 
    ignali 
    yo„lakchalarni 
    chiqishlarini 
    qattiqligi 
    2mm 
    balandlik 
    va 
    35-40mm. enlikda HRC45-50. 
    Ignadonlar uchun material va tayyorlama.
    Ignadonlar uchun material sifatida 
    50G markali po„lat ishlatiladi, uni 45 markali po„latga almashtirish mumkin. Bu 
    holda ignali yo„lakchalarini qattiqligi HRC45-50. Tayyorlama sifatida ignadonlar 
    uchun prokatlangan yasi po„lat (o„lchami12x120mm) ishlatiladi. 
    Ignadonlarni tayyorlash.
    Ignadonlarni katta qiyshayishiga sabab bo„luvchi, 
    kichik bikrligi murakkab shakli, o„lchamlar aniqligi va ishchi yuzalar sifatini 
    yqoriligi ignadonlarni tayyorlash texnologik jarayoniga yuqori talablar qo„yadi. Yassi 
    trikotaj mashinalari ignadonlarini tayyorlash texnologik jarayoni 10.1-jadvalda 
    keltirilgan. Texnologik jarayon o„z ichiga tayyorlamani qo„yi temperaturali 
    kuydirish, ko„p qaytalanadigan to„g„rilash, frezalash, randalash, jilvirlash, YUCHT 
    yordamida toblash, jilolash operatsiyalarini oladi. 
    Ignadonlarni texnologik jarayonini ko„pchilik operatsiyalarini bajarishda ularda 
    ichki kuchlanishlar hosil bo„ladi. Kichik bikrligi sababli ignadonlar katta 
    qiyshayishga duchor bo„ladi, bunda qiyshayish tayyorlamani dastgohdan echishdan 
    so„ng darhol ro„y beradi, shuning uchun operatsiyalardan so„ng ko„plab to„g„rilash 
    operatsiyalari bajariladi. 
    Tekisliklarni frezalashda ignadonlarni qalinligi turli nuqtalarda bir xil emas. Past 
    aniqlikni asosiy sababi ko„plab qiyshayishi va frezalash operatsiyasiga kelib 
    tushayotgan tayyorlamalar qalinligi o„lchamlarini har xilligidir. Keyinchalik 
    bajariladigan jilvirlash ignadonlarni qalinligi o„lchamlarini har xilligini kamaytiradi. 
    10.1-jadval.
    10-sinfdagi tekis yuzada yotqizilgantrikotaj mashinasi ignadonlarini tayyorlash 
    Operatsiya 
    1.Tayyorlamani 1 o„lchamda kesish 
    13.1 Burchakli cho„qqisidagi 
    2 burchak ostidagi 1 ariqchani 3 
    chuqurlikka frezalash 


    260 
    2.To„g„rilash 
    14. 2 o„.u.h 1 burchak ostda 
    qovurg„ani randalash 
    3.11,3 o„.u.h tekislikni frezalash; boshqa 
    tekisliklar 1 o„lchamga frezalash 
    15. 2 va 3 o„.u.h frezalash 
    4.90
    0
    burchakni 
    o„.u.h. qovurg„ani 
    frezalash; ikkinchi qovurg„ani 1 o„lchamga 
    frezalash 
    16.To„g„rilash 
    5.Tekislikni jilvirlash: ikkinchi tekislikni 
    1 o„lchamga jilvirlash 
    17.Tekislikni 1 o„lchamga 
    jilvirlash 
    6.
    90
    0
    burchakni o„.u.h. qovurg„ani 
    frezalash; ikkinchi qovurg„ani 1 o„lchamga 
    jilvirlash 
    18.Qovurg„alarga 90
    0
    burchakdagi yonboshlarni 1 o„.u.h 
    frezalash 


    261 
    7. 1 va 2 burchaklarini o„.u.x 3 o„lchamga 
    shakldor ariqchalarni va ariqcha 4 ni 5 o„.u.h 
    frezalash 
    19.Ignali 1 ariqchalarni 2 
    chuqurlikka frezalash 
    8.
    2 o„.u.h ariqcha 1 ni va ariqcha 3 
    ni 4 o„.u.h frezalash 
    20.Uruvchi 
    taroq 
    ariqchalarini iganli ariqchalar o„qi 
    bo„ylab frezalash 
    9. 1 o„.u.h asosni jilvirlash 
    21.YuCHT yordamida 
    toblash 


    262 
    10. 1 burchak ostida 2 o„.u.h ariqcha 
    frezalash 
    22.Qovurg„ani jilvirlash: 1 
    burchak ostida 2 o„.u.h, 3 burchak 
    ostida 4 o„.u.h, 5 burchak ostida 6 
    o„.u.h.
    11. 1 burchak ostida 2,3 va 4 o„.u.h. 
    frezalash 
    23. Oltita teshikni parmalash; 
    1 va 2 ikkita teshiklarni 
    kengaytirish; 2 va 3 ikkita 
    teshiklarni zenkovkalash 
    12.Burchak cho„qqisidagi 2 burchak 
    ostidagi 1 ariqchani 3 chuqurlikka frezalash 
    24.30
    0
    va 50
    0
    burchakli 
    ariqchalarni tozalash; uruvchi 
    taroqni ishchi yuzalarini tozalash; 
    o„tkir qirralarini o„tmaslashtirish; 
    qirralarni 1 radiusgacha 
    dumaloqlashtirish; tekisliklarni 
    jilolash. 


    263 
    Ignali ko„ndalang ariqchalarni frezalash (19-operatsiya, 10.1-jadval) ariqcha 
    frezalovchi dastgohda bajariladi, bunda tayyorlamalar dastgohda magnit plitalar 
    yordamida mahkamlanadi. Bu operatsiyada operatsion eskizlarda ko„rsatilgan 
    o„lchamlar ushlanadi. Bu operatsiyada ignadonlar juft-juft ishlov berilganligi, 
    o„lcham 1,46
    +0,07
    og„ishga ega sababli, ignadan uzunligi bo„yicha ariqcha chuqurligi 
    joizligini bajarish qiyinchilik tug„diradi. Deyarli har bir o„tishdan so„ng 
    1,46
    +0,07
    o„lchamni nazorat qilish va dastgohni qo„shimcha sozlash kerak[14].
    O„lchamni joizlikdan og„ganida qo„shimcha yurish bajarish yoki A tekislik 
    qirqib tashlanadi, bu esa ushbu operatsiyani unumdorligini keskin kamaytiradi. 
    Buning natijasida dastgohlarni avtomatik tartibda ishlashi buziladi. Bundan tas hqari, 
    turli 
    mahkamlash 
    kuchlari 
    ishlov 
    berilayotgan 
    ignadonlarni 
    har 
    xil 
    deformatsiyalanishiga olib keladi, bu esa bu operatsiyalarda A tekislikdan og„ishini 
    o„zgarishiga olib keladi. 
    Ishlov berishni minimal vaqtda bajarilishiga erishish uchun ignali ariqchalarni 
    dastgohni avtomatik ish tartibida, ariqchalarni eni va chuqurligini nazorat qilish 
    uchun to„xtovlarsiz ishlashini ta‟minlash kerak. Bunga oldingi operatsiyalardagi 
    ishlov berish aniqligini oshirish va ariqcha ko„rsatkichlarini avtomatik nazoratini 
    kiritish hisobiga erishiladi.
    Jilvirlash 
    operatsiyasini 
    maxsus 
    buraluvchi 
    moslamada 
    bajariladi, 
    u ignadonlarni jilvirtoshga nisbatan kerakli burchak ostida o„rnatilishini ta‟minlaydi. 
    Trikotaj mashinalari uchun ip bilan kontaktda bo„ladigan yuzalarni, ayniqsa 
    tugun yasash jarayonida ishtirok etuvchi detallar uchun, jiloli ishlov berish sifati katta 


    264 
    ahamiyatga ega. Yuzalarni ishlanishga xomashyo harajatlari, ipni cho„zilish va 
    shikastlanishi, trikotaj mahsulotlari tashqi ko„rinishiga ta‟sir etuvchi tugunli tuzilmani 
    notekisligi, polotnani qirqib olish foizi va trikotaj mashinalari unumdorligi yuzalar 
    sifatiga bog„liq bo„ladi.
    Ignadonni ip bilan kontakdagi organ bo„lib uruvchi taroq V hisoblanadi, unga 
    jiloli ishlov berish sifati tuguncha hosil qilish jarayoniga katta ta‟sir ko„rsatadi.
    Uruvchi taroqqa jiloli ishlov berishda o„tkir qirralarini dumaloqlashtirish va bir 
    vaqtda ip bilan kontakda bo„ladigan ishchi yuzalarni muqobil mikrorelifini olish talab 
    etiladi.
    Bundan tashqari, uruvchi taroqni eyilishga chidamliligini oshirish kerak, chunki 
    ignadonlarni almashtirishni asosiy sabablardan biri uruvchi taroqni eyilishidir. Bu 
    talablar hamda ignadonlarga jiloli ishlov berishdagi unumdorlikni oshirish, mehnat 
    sig„imini pasaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash zaruriyatlari jiloli ishlov 
    berishi kerak bo„lgan shartlarni belgilab beradi. 
    Jiloli ishlov berishni eng unumdor usullaridan biri murakkab shakldagi 
    detallarga Ra=0,08mkm. g„adir-budurlikda ishlov berishni va mustahkamlangan yuza 
    qatlamini olinishini ta‟minlovchi mexanik cho„tkalar bilan ishlov berishdir. Uruvchi 
    taroqlarni ip bilan kontaktda bo„luvchi yuzalarga jiloli ishlov berish maxsus 
    dastgohlarda metall tolalaridan iborat diskali cho„tkalar yordamida bajariladi.
    Bu dastgohni ishlatilishi jilolash operatsiyasini g„adir-budurlikni va ip bilan 
    kontaktdagi yuzalar qirralarini dumaloqlashtirishni muqobil ko„rsatkichlari bo„lishini 
    ta‟minlash imkonini berdi.
    Mexanik cho„tkalar bilan ishlov berish sifati asbob konstruksiyasiga, ishlov 
    berish tartibiga, MS, boshlang„ich g„adir-budirlik va ishlov berilayotgan yuzalar 
    qattiqligiga bog„liq bo„ladi. Metall cho„tkani umumiy ko„rinishi 13.4-rasmda 
    keltirilgan.


    265 
    10.2-rasm. Metall cho„tka 
    Metall cho„tkalar bilan ishlov berish tartiblariga qo„yidagilar kiradi: T-ishlov 
    berish vaqti; V-ishlov berish tezligi(tolalarni tashqi uchlarini aylanma tezligi); 
    t-tolalar tarangligi. Asbobni ko„rsatkichlari qo„yidagilar: d
    t
    -tola diametri; l
    |
    -tolalarni 
    erkin uchlarini uzunligi; ρ
    t
    -tolalar zichligi va tola materiali.
    Kerakli ko„rsatkichlarga ega g„adir-budurlikka ega bo„lgan uruvchi taroq ishchi 
    yuzalarni olish uchun qo„yidagi qiymatlar qabul qilingan: d
    t
    =0,34mm., 
    ρ
    t
    =65dona/sm
    2
    ., l=25mm., t=1,5mm, ishlov berish tezligi 0,5m/s va ishlov berish 
    vaqti 3s. 

    Download 8,1 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB.TRIKOTAJ MASHINALARI DETALLARINI TAYYORLASH

    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish