• Batan tishlari uchun material va tayyorlama.
  •  To„quv dastgohi batan tishini tayyorlash texnologik jarayoni




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/123
    Sana20.05.2024
    Hajmi8,1 Mb.
    #244991
    TuriУчебник
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
    Bog'liq
    Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

    9.3. To„quv dastgohi batan tishini tayyorlash texnologik jarayoni 
    Batan tishini mo„ljallanishi va konstruktiv xususiyatlari.
    Batan tishlari 
    arqoqni o„tkazuvchilar (mikromokilar) uchun yo„naltiruvchi kanal hosil qiladilar. 
    Tishlarni har bir qobig„ida oltitadan o„rnatiladi. Qobiqlar batanni oldiga brusiga 
    vintlar bilan qotiriladi. Batan brusi va tishlarni tayyorlash sifati batan mexanizmini 
    ishlashiga taisir qiladi. Masalan, batan brusini cho„kishida arqoq o„tkazuvchini 
    noto„g„ri uchishi va hatto ularni chiqib ketishi kuzatiladi[9].
    Tishlarni (9.3-rasm) eyilishi tanda iplarni ko„proq uzilishiga olib keladi. 
    Tishlarni eyilishga asosiy sabablar qilib batan brusida tishlarni etarlicha aniqlikda 
    o„tkazmaslik va tishlar orasidagi momiqni o„z vaqtida olib tashlanmasligini ko„rsatish 
    mumkin. 


    250 
    9.3-rasm. Batan tishi 
    Batan tishlari uchun material va tayyorlama.
    Tishlarni tayyorlash uchun 
    po„lat pilta (po„lat 20) ishlatiladi. U silliq yuzaga ega va g„adir-budurligi 
    Ra=0,63†1,25 mkm. bo„lishi kerak. Pilta nazorat ko„rigidan o„tkach presga uzatiladi 
    va u erda shtamp yordamida tishni profili va konturi hamda teshik qirqiladi. Tish 
    konturi bo„yicha g„adir-budurligi Ra=1,25 mkm., teshiladigan teshiklar va tish 
    konturi g„adir-budurligiga puanson va matritsani kesuvchi qirralarini holati va 
    yuzalarini g„adir-budurligi, puanson va matritsa orasidagi tirqish taisir qiladi. 
    Shtamplash texnologik jarayonini loyihalashda qirqish va teshish kuchini 
    aniqlaydilar. P= lSτ
    o„r 

    Bu erda: l-qirqish perimetri, mm; S-pilta materiali qalinligi , mm; τ- materialni 
    qirqish qarshiligi, Mpa. 
    Talab etilayotgan pres kuchini hisobiydan 30% ortiq qabul qilinadi. Shtampni 
    ishchi qismlarini blokda to„g„ri joylashuvi shtamp blokini ishlash muddatiga, 
    charxlash orasidagi puanson va matritsani aniqligi va turg„unligiga ta‟sir qiladi. Press 
    meiyorli ishlashi uchun tayyorlamni qirqiladigan konturini shunday joylashtirish 
    kerakki, toki bunda bosim markazi blok dumchasi o„qi bilan mos kelsin. Shtamp 
    bosimi markazi deb shtamplashda taisir qilayotgan barcha kuchlarni teng taisir 


    251 
    etuvchisini qo„yilishi nuqtasiga aytiladi. Pressda pona pichoqli harakatdagi piltani 
    avtomatik uzatish amalga oshiriladi. 

    Download 8,1 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     To„quv dastgohi batan tishini tayyorlash texnologik jarayoni

    Download 8,1 Mb.
    Pdf ko'rish