9-BOB. MOKISIZ DASTGOHLARNI DETALLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONLARI 9.1. To„quv dastgohlari zarbdor mexanizmi detallarini konstruktiv xususiyatlari To„quv dastgohlari zarbdor mexanizmi mokili to„quv dastgohlari zarbdor
mexanizmlaridan keskin farq qiladi. Torsion valni (9.1-rasm) qo„zg„almas uchi
qo„zg„almas trubali shlitsli vtulkasida qotirilgan.
9.1-rasm. Torsion val
Torsion valni buralishida yo„naltiruvchi bo„yicha yugurdak harakatlanadi va
qirquvchi qismi bilan maxsus mexanizm orqali bilan yugurdak yo„liga davriy
qo„yiluvchi o„tkazuvchini (mikrochelnokni) uradi. Olinadigan mahsulot eniga qarab
rostlash, asosiy valni aylanishlari soni va ishlov berilayotgan arqoq ip turiga qarab,
torsion valni buralish burchagi maxsus qurilma yordamida, 25 dan 32
0
gacha
o„zgartirish mumkin.
To„quv dastgohlarida arqoq ipni uchini ilib olish uchun prujinaga ega po„lat
plastina ko„rinishdagi o„tkazuvchilar ishlatiladi. Arqoq o„tkazgichni kichik
o„lchamlari (90x14x6,5mm.) va masasi (0,04kg.) arqoqni o„tkazish tezligini keskin
oshirish imkonini beradi. O„tkazgich korpusi (9.2-rasm) ikkita yarimtadan
payvandlanadigan plastinani yoki yaxlit tortilgan, ko„ndalang kesimida noteng sakkiz
qirraga prizmaga ega bo„lgan maxsus detali bor, ezilgan truba ko„rinishida bo„ladi.
Korpusni oldingi qismi bo„g„ozcha korpus shakliga ega va dumaloqlashtirilgan.
Korpus ichida ikkita parchin yordamida labcha ko„rinishdagi ushlovchilari bilan
tugaydigan yasi prujina qotirilgan.
248
9.2-rasm. Arqoq tashlagich
9.2. Torsion valni tayyorlash texnologik jarayoni Material va tayyorlama. Torsion val ligerlangan 50XFA markali po„latdan
tayyorlanadi. Tayyorlama sifatida dumaloq chiviriqdan olingan tayyorlama qirqiladi
va ichki kuchlanishlarni echish va ishlov beriluvchanligini yaxshilash uchun
me‟yorlashtiriladi.