|
Pnevmomexanik yigiruv mashinasini yigirish qurilmasini konstruktivBog'liq Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)8.8. Pnevmomexanik yigiruv mashinasini yigirish qurilmasini konstruktiv
xususiyatlari
Yigirish qurilmasi, uni sxemasi 8.15-rasmda keltirilgan, BD rusumidagi
pnevmomexanik yigiruv mashinasini asosiy elementi xisoblanadi. Qurilma tarkibiga
asosiy texnologik operatsiyalarni: piltani uzatish tolalarni ajratish va ularni
shakllantiruvchi qurilmaga tashish, kalavani shakllantirish va burama berish
kabilarni bajarilishini taiminlovchi bir qator mexanizmlar kiradi. Birlamchi materialni
(piltalarni) taiminlovchisilindr 1 bilan tolalarga bo„lish va ularni piltalash asosiy
masasida ajratishga mo„ljallangan arrachali garniturali tarovchi barabanchaga 2
uzatish amalga oshiriladi.
Barabanchalarsilindrik qobiqliklarda joylashgan podshipniklardagi vallarda
aylanadi. Markazdan qochma kuch taisirida tolalar tashuvchi kanal orqali yigiruv
kamerasi 4 ga tushadi.
Burama shakllantiruvchi mexanizm kamera podshipniklarida valida aylanuvchi
seperator 5 va ip o„tkazuvchi detallardan iborat. Shakllantirilgan kalava separator
o„qidagi teshik orqali trubaga chiqariladi va so„ngra o„rovchi mexanizmga uzatiladi.
Yigirish qurilmasini ipi uzilishi elektr datchigi 3 tomonidan nazorat qilinadi, u
yigirish qurilmasi korpusi qopqog„ida joylashgan bo„ladi.
Yigirish qurilmasi mexanizmlari va detallari mashina yuritmasini chervyakli
valini trubaqobig„ida qotirilgan korpusga montaj qilinadi.
236
8.15-rasm. Yigiruv qurilmasi
Yigirish qurilmasi ko„p miqdordagi mexanizmlar va detallarini o„z ichiga oladi
va ularni tayyorlash, sozlash va rostlash yuqori aniqligini talab etadi. Yigirish
qurilmasini eng muxim elementlari bo„lib burama shakllantiruvchi kamera, tarovchi
barabancha va separator hisoblanadi.
|
| |