232
Ustunlar uchun material va tayyorlamalar.
Silindr ustunlari uchun material
sifatida kulrang cho„yan va alyuminiy ishlatiladi. Cho„yandan tayyorlamalar
mashinali shakllantirilgan qumli shakllariga qo„yish orqali olinadi. Bazida mexanik
ishlov berishdagi qo„yimni kamytirish uchun qobiqli shakllarga qo„yish usuli
ishlatiladi[11].
Alyuminiydansilindrli ustunlar tayyorlash uchun AK9 va AL9 markali yaxshi
quyiluvchan
xususiyatlarga ega materiallardan foydalaniladi. Yuqori suyuq
oquvchanlikka ega bo„lganliklari uchun ingichka devorli detallarini olishda qulay.
Kichik chiziqli kirishimligi va quyimda darz paydo bo„lish ehtimoli kamligi ularni
kokilga yoki bosim ostida qo„yish usulida tayyorlash imkonini beradi[10].
Mis qo„shimchasini qo„shishida cho„zilishga mustaxkamlik, oquvchanlik va
qattiqlik chegaralari ortadi. Alyuminiydan qilingan ustunni sovuq siquvchi kamerali
mashinada bosim ostida quyiladi, bu esa shaklni yaxshi to„ldirishni, murakkab
konfiguratsiyali detalni qo„ymasini yuqori aniqlikda olishni taiminlaydi.
Silindrni ustunlarni tayyorlash.
Chuyandan tayyorlangan silindrli usutnlarga
ishlov berish texnologik jarayoni 8.7 jadvalda keltirilgan.
Ishlov berish universal dastgohlarida, ishlov beriladigan detallarni ko„plab qayta
o„rnatishni taqoza etadi va natijada ishlov berilayotgan yuzalarni o„zaro joylashuvi
aniqligini pasaytiradi.
SHuning uchun asoslash xatoligini kamaytirish uchun birinchi to„rtta
operatsiyada ustunni yonbosh tekisliklari frezerlanadi va jilvirlanadi.
8.7-jadval.
Chuyandan tayyorlangansilindrli ustunlarni mexanik ishlov berish texnologik
jarayoni.
Operatsiya
1,2. Karuselli-frezerli: 3
va 4 tekisliklarni 1 va 2
o„.u.x frezalash
3,4.Yasi jilvirlash: 2 va 3
yuzalarni 1 o„.u.x
jilvirlash
5.Radial parmalash: 1
va 2 teshiklarni
parmalash, zinkerlash
va razvertkalash; 3
teshikni 4,5 va 6 o„.u.x
razvertkalash
233
6.Radial parmalash: 1va
2 o„.u.x. teshiklarni ikki
tomonida faska ochish.
7.Gorizantal frezerli: 1 asos
tekisligini 2 o„.u.x frezalash.
8. Gorizantal-frezalash:
2 yonbosh tekislikni 1
o„.u.x.frezalash.
9.Vertikal-frezerli: 2
o„.u.x.1 tekislikni
frezalash.
10.Vetikal-fezalash: 1 va 2
o„.u.x. arikchani
frezalash.
11.Gorizantal-frezerli: 2
va 3 o„.u.x. 1 tekislikni
frezalash.
12.Radial-parmalash: 1
va 2 teshiklarni 3-6 o„.u.x
parmalash.
13. Gorizantal-frezerli:1,2,3
tekisliklar va 6,7
arikchalarni 4,5,8,9
frezalash.
14.Radial-parmalash:
1va 2 teshiklarda faska
ochish; 3 va 4 o„.u.x.
reziba
kirkish.
234
Ular keyingi ishlov berishlarda asosiy asoslovchi o„rnatish yuzalarni
hisoblanadi. Yonbosh tekisliklarni frezalash karusel frezalash dastgohlarida
bajariladi. Sakkizta detali maxsus dastgohda qotirilgan moslamaga o„rnatiladi. Asbob
sifatida diametri 320mm. tishlari qattiq qotishma VK8 bo„lgan ikkita yonli frezalar
ishlatiladi.
Jilvirlash yasijilvirlash dastgohlarida bajariladi. Sakkizta detali magnit stoliga
o„rnatiladi. Asbob sifatida o„lchamlari 350x125x40mm. qora karborunddan,
donadorligi 40-25 bo„lgan jilvirtosh xizmat qiladi[13].
Asoslarni doimiyligi tamoyilini saqlash uchun yonbosh tekisliklarni frezalash va
jilvirlashdan so„ng chuzuvchisilindrlarni bo„yinchalar uchun, ular keyingi ishlov
berishda qo„shimcha o„rnatuvchi asos yuza bo„ladi, teshiklarga ishlov beriladi.
Ko„plab yuzalar, ariqchalar va teshiklarga keyinchalik ishlov berish jilvirlangan
yonbosh tekislik va cho„zuvchisilindrlar bo„yinchalari uchun ishlov berilgan
teshiklarga asoslash bilan boradi. Ishlov berish texnologik ketma-ketligi ustunni
konstruksiyasi va mavjud jixozlarga bog„liq holda o„zgarishi mumkin.
Alyuminiydan tayyorlangansilindrli ustun shakli cho„yanlarga qaraganda
sezilarli soddalashtirilgan, shuning uchun texnologik jarayoni o„z ichiga kam
operatsiyalarni oladi. Birinchi operatsiyalarda xuddi cho„yanlisilindrli ustunga
o„xshash keyinchalik ishlov berishda ishlatiladigan asos yuzalar tayyorlanadi.
O„rnatuvchi asos yuza bo„lib ishlov berilmagan yonbosh tekislik, qo„shimchasi esa
ikkinchi operatsiyada ishlov beriladigan teshiklar hisoblanadi. Asoslash tekis lik va
ikki teshik bo„yicha boradi.
Alyuminiyli ustunlarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ham
operatsiyalar va detallarini konsentratsiyalash usuliga asoslangan va universal
dastgohlarda bajariladi.
|