222
4.
Riflyali tumbalarni g„ildirash podshipniklari uchun tayanch bo„yinchalar va
yo„naltiruvchi kameraga nisbatan radial tepishi BR va RV turidagisilindrlar uchun
mos ravishda, 0,02 va 0,03mm.
5.
A va B yuzalarni yigirish, yigirish burama va pilik mashinalari riflyali
tumbalarga
nisbatan
yonboshli
tepishi joizligi 0,006mm. gacha. Piltalash
mashinalarisilindrlariga nisbatan esa 0,01mm.
6.
Silindrlarni tashqi yuzalari xromlangan bo„lishi kerak. Tayanch va
yo„naltiruvchi bo„yinchalar kameralar, yonboshlar va reziba xromlanmaydi.
7.
Silindrlarni oraliq bo„yinchalari g„adir-budirligiga Ra<0,63 mkm.
8.
Silindrlarda o„tkir qirralar, darzlar va o„yiqchalar bo„lishi kerak emas.
9.
Reziba toza bo„lishi vasilindrlarni qo„ldan buralishini taiminlash kerak.
10.
Tegishli joizliklar bilan cheklanmagan o„lchamlar joizligi ±JT14/2 ga mos
bo„lishi kerak.
Cho„zuvchi silindrlar uchun tayyorlamalar.
Cho„zuvchi silindrlar uchun
tayyorlamalar isiqaylantiradigan uglerodli dumaloq po„latdan olinadi. Bu po„lat
chiviriqlarini tayyorlov sexida alohida tayyorlamalarga mos dastgohlarda kesadilar.
Tayyorlama diametriga quyim 10-15 mm. uzunlikda 1,5-2,0mm. ni tashkil etadi.
Chiviriqli tayyorlama kesilgandan so„ng kuydirishga yuboriladi. Bunda
tayyorlama 710-720
0
S. gacha 2 soat davomida qizdiriladi, bu temperaturada 4 soat
ushlab turiladi va keyinchalik 500
0
S temperaturagacha sovutiladi.
Kuydirishdan so„ng qattiqligi NV170-197 gacha. tayyorlamani aylanasi
bo„yicha qattiqligini o„ynashi HV15 gacha, l=80mm. da uchlarini egilishi bo„lishi
kerak emas.Uchlaridagi ezilish 7 mm. gacha. Termiksexdan mexanik ishlov berishga
kelib tushayotgan tayyorlamani uzunligi bo„yicha qiyshayishi 0,75mm. gacha.
Agarda tayyorlama bu talablarga javob bermasa, u to„g„rilanadi.