Ishlov berishni jilolash usullari.
Halqaning yzalariga kerakli g„adir-budurlikni
berilishi halqa-ygurdak juftligini birgalikdagi ishlashini yaxshilashdagi muhim omil
217
hisoblanadi. Jilolash operatsiyasi sifatida siljigan o„qli barabanlarda halqalarni
jilolash qo„llaniladi. Ushbu jilolash operatsiyasi qo„yidagilarni o„z ichiga oladi:
bevosita jilolash, yaltiratish, quritish, tozalash va halqa tashqi va ichki profilini
jilolash.
Halqalarni siljigan o„qli barabanda jilolashda baraban abraziv to„ldirgichlar
vena aralashmasi (7l), halqalar va ulardan 100mm yqorilikdagi suv bilan to„ldiriladi.
Barabanga solinadigan halqalar soni ularni diametriga qarab turlicha bo„lishi
mumkin. Bundan so„ng halqalar 2-3 marta suvda yuviladi va barabandan chiqariladi.
Halqalarni yaltiratish tozaligi ham barabanlarda bajariladi, faqat bunda uni
to„ldiruvchilar tarkibi boshqacha bo„ladi: fosfor yoki uralitni 10-12mm
granulyasiyasi siniqlari (100l), azotli natriy (1,5kg), suyq sovun (400g), vena
aralashmasi (7l), halqalar va ulardan 100-150mm. ko„tarilib turadigan suv. So„ngra
halqalar yuviladi, to„ldirigichlardan ajratiladi va 0,5 soat davomida yog„och qipiqlar
va halqalar bilan to„ldirilgan barabanda quritiladi, quritishdan so„ng halqalar
tozalanadi[7].
Agarda halqa ishchi profilini g„adir-budurligi texnik talablarga mos kelmasa
halqa tashqi va ichki profilini maxsus jilolash kallagi yordamida jilolanadi. Asbob
bo„lib sezalli yoki kapronli yzasiga tuproq asosidagi maxsus pastga yritilgan cho„tka
xizmat qiladi.
Ba‟zida halqalarga, barabanda ishlov berish o„rniga, jilolash operatsiyasi
qo„llaniladi va u uch bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda Ra=0,63mkm. bo„lgan
yza g„adir-budurligi olinadi. Detalni maxsus eyiluvchansangaga o„rnatiladi. Asbob
sifatida abraziv qog„oz ishlatiladi.
Halqani ichki yuzalarni jilolashda tashqi yuzasi bo„yicha siqadigansanga
ishlatiladi. Ikkinchi bosqichda Ra=0,32mkm. bo„lgan yuza g„adir-budurligi olinadi.
Bunda avval preslangan kigiz va 5 sonli elektrokorund kukuni, so„ngra esa o„sha
kigiz va 3 sonli elektrokorundan foydalaniladi.
Uchinchi bosqichda ishchi profilni titan karbidi kukunidan iborat abraziv pasta
va preslangan kigiz yordamida yakuniy jilolanadi. Bunday ishlov berish natijasida
ishchi profil yzasi g„adir-budurligi Ra=0,16mkm. bo„ladi.
|