|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. RajabovBog'liq Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)Texnik talablar.
Bu talablarga qo„yidagilarni keltirish mumkin.
1.
Halqalar materiali ishlov berilayotgan material turiga qarab tanlanishi kerak.
2.
Metall yugurdak bilan ishlaganda halqalar qattiqligi 15XM, 40, 45 va
SHX15 markali po„latlar uchun NRC 60-65, NOX13 po„latlar uchun NRC53-57,
kukunli materialdan tayyorlangan halqalar uchun NV 800-1000. Poliamid yugurdak
bilan ishlovchi barcha xalqalar uchun NRC53-57. Bitta halqada qattiqlikni o„ynashi
NRC3 dan oshmasligi kerak
7
.
3.
Halqa yuzasi, ularni turiga qarab, uglerod va azotga mailum chuqurlikkacha
(odatda 0,2-0,5mm., baizi xollarda butun chuqurga) to„yintiriladi.
4.
Halqalarni ishchi yuzalarida turli xil nuqsonlar (bo„shliqlar, mog„orlar,
korroziya izlari va boshqalar) bo„lishi kerak emas. Kukunli materialdan tayyorlangan
halqa ishchi yuzasidagi g„ovaklar va bo„shliqlar o„lchami 0,25mm. gacha, halqalarni
ishchi bo„lmagan yuzalarida esa 0,5 mm gacha.
5.
Po„lat halqalarni maxsus qoraytirilgan yzalari bo„lishi mumkin.
6.
Halqa ishchi chizmasida chekka og„ishlari ko„rsatilmagan o„lchamlar uchun,
vallarda h13, qolganlarida ±JT14/2.
7.
Ichki diametri bo„yicha halqalarni diametrga bog„liq holda dumaloqlikdan
og„ishi 0,15-0,25 mm. yonboshlarni tekislikdan og„ishi halqa diametriga bog„liq
holda 0,15-0,35mm.
Halqalar uchun tayyorlamalar.
Po„lat halqalar uchun tayyorlamalarni
chiviriqdan, trubadan va kalibrlangan profilli piltadan oladilar.
Chiviriqlardan tayyorlamalar
. Chiviriqdan tayyorlama olish texnologiyasi
qo„yidagidan iborat. Chiviriqni uzunligi l=1500mm. bo„lgan uzunlikdagi alohida
tayyorlamalarda qirqiladi. Chiviriq diametrini halqa turiga qarab tanlanadi. So„ngra
qirqib olingan tayyorlamani 1100-1500
0
S temperaturagacha qizdiriladi va o„tkazilib
bir vaqtda teshik ochiladi.
Teshilgan tayyorlamalarni yuqori chastotali tok bilan qizdiriladi va rolikka ega
bo„lgan qurilmada mailum diametrgacha aylantiriladi. Bunda tayyorlamani olish
aniqligi yuqori bo„lmaydi.
|
| |