Urchuqlarni yig„ish texnologik jarayoni




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

8.4. Urchuqlarni yig„ish texnologik jarayoni 
Rolikli podshipnikli urchuq majmuasi uchta asosiy qismdan: shpindel, rolikli 
podshipnikli vtulka va uyadan iborat. Rolikli podshipnikli vtulka qismlari, detallari 
bu qismlarni o„zi urchuq majmuasida bo„lganidek, to„liq o„zaroalmashuvchandir.
Shpindeli qismini guruhli o„zaroalmashuvchanlik usulida yig„adilar. Urchuqni 
uch asosiy qismi mustaqil tarzda alohida yig„ilib umumiy yig„ishga uzatilishi 
mumkin. Amalda shpindeli qismi va qisman uya qismni bevosita umumiy yig„ishda 
yig„adilar va faqat rolikli podshipnikli vtulkani yig„ishni alohida joyda 


206 
bajaradilar.Umumiy yig„ishni konveyer ko„rinishida bajaradilar. 8.4- jadvalda misol 
tariqasida urchuqni yig„ish sxemasi keltirilgan. 
Shpindeli qismi shpindeli, dumaloqcha, metall o„tqazma, prujina va qayd 
etuvchidan iborat. Avval, yig„ishdan oldin o„tqazma tokarli dastgohida ishlanadi va 
olingan o„lchamlar tekshiriladi. Partiyadagi detallarni tepishidan og„ishi 10% gacha. 
Dastgoh har uch soat ishlagandan so„ng uni konussimon opravkasi tepishi 
tekshiriladi, chunki unga o„tkazma konusli qismi bilan o„tkaziladi. So„ngra shpindel 
uchun dumaloqchalar berilgan o„qli taranglik bo„yicha tanlanadi va dumaloqcha 
belgilanadi. SHundang so„ng detallar preslash orqali eksentrikli presda yig„iladi. 
Pres shunday sozlanishi kerakki, qachonki bunda dumaloqcha tayanch yzasidan 
tovon konusi cho„qqisigacha bo„lgan masofaga rioya qilinishi kerak. 
Dumaloqchani preslash natijasida shpindelni qiyshayishi bo„lishi mumkin, 
shuning uchun zarur hollarda shpindel eksentrisiteti tekshiriladi va ularni to„g„rilash 
ishlari bajariladi. Odatda yigirmata shpindeldan ikkitasi tekshiriladi.
Shpindelga preslashdan oldin metall o„tkazma moslashtirilishi kerak. Preslashda 
dumaloqcha va o„tkazma yonboshlari orasida tirqish bo„lishi kerak emas, 
dumaloqcha esa o„qli siljimasligi kerak. Shuningdek 4,5,2,3 o„lchamlari aniqligi 
tekshiriladi.
Shpindelga o„tqazma preslangandan so„ng frezalash, uchta teshikni qayd 
etuvchilar uchun razvertkalash va qayd etuvchilarni o„rnatish ishlari bajariladi. 
Navbatdagi nazorat operatsiyasida yuza g„adir-budurligi, o„lchamlarni aniqligi 
teshiriladi.
Shpindelni dumaloqcha va metall o„tqazma bilan tutashtirilshi N7/r6 
o„tqazmasida bajariladi. Bunda dumaloqcha oldidagi o„tkazish konusi uzunligini ikki 
diametridan katta qilib tanlanadi, o„tqazmani shpindeli bilan tutashishi uzunligi esa 8-
10 diametriga teng.
Konusli o„tqazmani qo„llanilishi tutashuvchi yuzalar aniqligiga talablarni 
kamaytirish imkonini beradi. Talab etilayotgan diametrial taranglik berilgan o„qli 
taranglik bilan meiyorlashtiriladi, yaini dumaloqcha yoki o„tqazmani shpindelga 
nisbatan preslash natijasidagi o„qli siljishi bilan. Bunday o„tqazmalarni ommaviy 


207 
ishlab chiqarishda amalga oshirilishi, etarlicha bikr bo„lmagan shpindelni unga 
tutashuvchi 
detallarni 
preslashdagi, 
qiyshayishi 
sababli 
katta 
qiyinchiliklar 
tug„diradi.Qiyshayishi, notekis kuchlanishlarni, tutashuv doirasida tutashuvchi 
yuzalarni o„qli va ko„ndalang kesimidagi shakl xatoliklari kelib chiqishi natijasida 
paydo bo„lishi bilan izoxlanadi. Metall o„tkazmani o„tqazish konusini uzunligini 
kamaytirish maqsadga muvofiq, bunda tutashish uzunligini kamayishi shpindelni 
yig„ish mustaxkamligini pasaytirmaydi.
8.4-jadval.
Urchuqlarni yig„ish texnologik jarayoni 
Operatsiya 
1.Tokarli vintqirqar: o„tqazma 
yuzasini 2-6 o„. u.h tokarlash
2.Belgilash: Dumaloqchada tovar 
belgisini qo„yish. 
3.Preslash: 
dumaloqchani 
shpindelga preslash. 
4.Preslash: 1 o„.u.x o„tkazmani 
preslash, 2-5 o„lchamlarni mosligini 
tekshirish. 
5.Maxsus frezali: uchta teshikni 
frezalash. 
6.Vertikal-parmalash : navbatma-
navbat 120
0
ga burchak holda uchta 
teshikni razvertkalash. 


208 
7.Yig„ish: o„tkazmaga prujinalar 
va 
qayd 
etuvchilarni 
qo„yish.
 
8.Nazorat: o„lchamlar va yza 
g„adir-budirligini 
mosligini 
tekshirish.
9.To„g„rilash: 1-6 o„.u.h qismini 
to„g„rilash.
10.Yig„ish: 
uyani 
yig„ishga 
shayba va gaykani o„rnatish. 
11.Yig„ma: ilgakni uya bilan 
yig„ish.
12.Nazorat:1-6 o„.u.x yig„ishni 
to„liqligini tekshirish. 


209 
13.Nazorat: 1-3 o„lchamlarini mosligini tekshirish. 
Shpindelni qiyshayishini bartaraf etish uchun shpindel dumaloqcha va o„tqazma 
bilan yig„ma holida to„g„rilanadi. Yig„ilgan holdagi shpindel birlamchi maxsus 
moslamaga o„rnatiladi va u erda shpindelni olti nuqtasida uni tepishi tekshiriladi, 
so„ngra shpindel to„g„rilanadi. To„g„rilashdagi zarbalardan qoladigan kuchsiz izlar 
shpindelni, roliklarni g„ildirashi va tovonoldi konusidan tashqari vtulkali qismida 
bo„lishiga ruxsat beriladi. O„tqazmada zarbalardan qoladigan izlar bo„lishi mumkin 
emas. 
Shundan so„ng uyani yig„adilar. Birinchi navbatda uyani gayka va shayba bilan 
yig„adilar, bunda gaykani uyani tashqi rezibali qismiga birlamchi burab kirgiziladi. 
So„ngra ilgak montaj qilinadi. Rolikli podshipnikli vtulkalar qismiga shpindeli 
qismini tanlash, urchuqni maxsus qurilmada ishlatilib ko„rishdan oldin, amalga 
oshiradilar, bunda shpindelni va dumaloqlash vtulkani qismi dizeli yoqilg„isida 
yuviladi. 
Shpindelni ishlatib ko„riladigan maxsus qurilma tezkor xalqali yigiruv mashinasi 
ko„rinishida bo„ladi. Birlamchi ishlatib ko„rish orqali shpindelni uchini titrashi uni 
sakrab ketishi va tayanchlarni eyilishi yo„qligi hamda urchuqni isish darajasi 
tekshiriladi.
Tekshiruvlar yuklamasiz bajariladi. Maksimal kafolatlangan aylanishlar sonida 
urchuqni yuqori uchini tebranishi amplitudasi, yuklamalarsiz, 0,1 mm. gacha. 
Urchuqlarni titrashi va tayanch yuzalarni eyilishi konstruktiv va texnologik 
sabablar oqibatida kelib chiqqan urchuqni muvozanatlanmagan aylanuvchi qismlarini 


210 
etarlicha eksentrisiteti borligini bildiradi. Tovon konusini ortiqcha eyilishi bo„lishida 
shpindeli qayta to„g„rilanishi va boshqa vtulkada tekshirilishi kerak. 
Yuqori titrashga ega bo„lgan shpindellar bo„lgan urchuqni shpindeli qismini 
eksentrisiteti tekshirilishi kerak va tekshirishda qoniqarli natijalar bo„lganda bunday 
shpindel qismlarini boshqa vtulkalar bilan yig„iladi va qo„shimcha ishlatilib ko„riladi. 
Ishlatilib ko„rilgandan so„ng ham shpindeli qismi titrashi meiyordan yqori bo„lsa ular 
to„g„rilanadi va qayta teshirib ko„riladi.
Urchuqni yakuniy sozlab bo„lgandan so„ng qo„yidagi talablarga rioya qilinishi 
kerak: shpindeli qismini uyaga o„rnatilgan vtulkaga kiritilishida ilgak dumaloqchani 
erkin o„tkazish kerak, shpindel qismini chiqarib olishda esa uni ushlab qolishi kerak, 
shpindeli cho„qqisini uya flanetsi tayanch yzasiga perpendikulyar o„qqa urchuq 
ustunidan 200mm. masofada 1 mm. gacha. Urchuqni barcha mexanizmlari 
sozlangandan so„ng uni barcha yig„ma birliklarni meiyorli ishlashini, yuza sifatini va 
boshqa ko„rsatkichlarini tekshirish uchun yakuniy nazoratga uzatiladi[9]. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Urchuqlarni yig„ish texnologik jarayoni

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish