254
Tanlangan asoslash sxemasiga ko„ra valchani dastgohda mahkamlash uchun,
suzuvchan markaz va avtomatik tarzda ishlovchi eksentrikli almashuvchan
qulochchalarga ega uch qulochchali patrondan foydalaniladi.
Kesish chuqurligi (3mm.) va texnologik tizimni vibroturg„unligini sharoitini
hisobga olgan holda asbobni harakati sxemasini quradilar.
Mexanik ishlov berish operatsion kartasi va kesuvchi asboblarni harakatlari
sxemalari asosida qulochchali valchani operatsion eskiziga ega bo„lgan operatsion
hisobiy texnologik karta tuziladi. Olingan texnologik hujjatlar va dastgoh
pasportidagi ma‟lumotlar sozlash kartasini loyihalashda qo„llaniladi.