266
tilchali,
ikki kallakli, ilgakli va qismli turlarga bo„linadilar. Eng ko„p ishlatiladigan va
tayyorlashda murakkabi tilchani ignalardir.
Tilchali igna doimiy ravishda ip bilan kontaktda bo„ladi va tugun yasash
jarayonini amalga oshirgan holda turli tasnifli ta‟sirlarga duchor bo„ladi: to„quv
tizimlari
ponalariga urilish, ipni taranglik kuchi va xakozalar. Masalan, to„rt tizimli
paypoq avtomatidasilindr aylanishlar soni 460min
-1
bo„lganda bitta ignani bir
sutkadagi yo„li 42km.
ni tashkil etadi; bunda 2,6 mln. dan ortiq tugun hosil bo„ladi,
ignani harakatchan elementi-tilcha bir sekundda 30 marta ochilib yopiladi.
Misol tariqasida 10.3-rasmda tilchali igna ko„rsatilgan, u moslanuvchan
murakkab shakldagi, qalinligi 0,34mm. bo„lgan o„zak ko„rinishida bo„ladi.
Ignani
yuqori yuzasida eni 0,11mm. bo„lgan bo„ylama ariqcha mavjud, unda o„z o„qida
tilcha erkin tebranadi; ignani boshqa uchida tovoncha deyiladigan chiqish bo„lib, u
trikotaj mashinasi ariqchasida ignani siljishi uchun xizmat qiladi.
Texnik talabalar.
Tilchali ignalar o„lchamlarini to„liq mosligiga ega bo„lishlari
kerak, chunki ikkita yonma-yon turuvchi ignalar kallaklarini
millimetrni bir necha
yuzdan bir ulushlariga og„ishi mahsulot nuqsonli chiqishiga olib keladi.
Tilchali ignalarga qo„yidagi texnik talablar qo„yiladi: kalava bilan kontaktda
bo„ladigan igna ishchi yuzalarni g„adir-budurligi 0,32mkm. gacha; kalava bilan
kontaktdabo„lmaydigan igna ishchi yuzalarni g„adir-budurligi 1,25mkm. gacha. igna
o„zagini to„g„ri chiziqlikdan va tekislikdan og„ishi igna uzunligida 0,2% gacha.
oyoqchasi elkacha tomonga egilgan ignalarda egilgan oyoqcha
va elkacha orasidagi
tirqish 0,3mm. gacha. Igna ilgagini oxiri igna tekisligidan chiqib ketmasligi kerak.
267
10.3-rasm. Trikotaj mashinasini ignali tilchasi
Ignani tashqi yuzasi tilchani maxkamlash joyida igna qalinligiga joizlik
chegarasidan chiqib ketadigan chiqishlarga ega bo„lmasligi kerak.
Ignalar yuqori
prujinali xususiyatlarga ega bo„lishi kerak. Berilgan texnik talablarni bajarish uchun
ignani 155 dan ortiq o„lchamlarini ushlash kerak, ularni ko„pchiligi
aniqlik joizligi
6 kvalitet bo„yicha.