Yuzalar g„adir-budurliklarini chizmalarda belgilash




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

Yuzalar g„adir-budurliklarini chizmalarda belgilash
. Standarga binoan 
chizmalarda detallarning shu chizma bo„yicha bajariladigan, ularni hosil qilish 
usullaridan qat‟iy nazar konstruksiya bilan g„adir-budurlik shartlanmagan yuzalardan 
tashqari, barcha yuzalarning g„adir-budurligi belgilanadi. YUza g„adir-budurligi 
belgisining 
tuzilishi 
3.3-rasmda 
ko„rsatilgan. Konstruktor ishlov turining 
belgilamagan yuza g„adir-budurligining belgisida 3.3,b - rasmda ko„rsatilgan belgi 
qo„llanadi; bu belgi afzaldir. Material qatlamini olib tashlash, masalan, charxlash, 
frezerlash, jilvirlash, jilolash, kabi bilan ishlov berish natijasida hosil bo„lgan 
yuzalarning g„adir-budurligining belgisi 3.3-v-rasmda ko„rsatilgan. Material qatlami 
olib tashlanmaydigan usullar, masalan, quyish, bolqalash, hajmiy shtamplash, prokat, 


103 
cho„zish va boshqalar bilan hosil qilingan yuzalar g„adir-budurligining belgisida 3.3-
g- rasmda ko„rsatilgan belgi qo„llanadi, shu chizma bo„yicha ishlov berilmaydigan 
yuzalar uchun ham shu belgi qo„llanadi. 
3.3-rasm. Yuza g„adir-budurligini belgilash strukturasi. 
Bu belgi bilan belgilangan yuzaning holati materialning tasnifi uchun tegishli
standart yoki texnikaviy shartlarda joriy qilingan talablarga javob berishi kerak[7]. 
G„adir-budurlik R
a
ko„rsatkichining qiymati uning belgisida timsolsiz 
ko„rsatiladi, masalan, 0,5; qolgan ko„rsatkichlar uchun tegishli timsoldan keyin 
ko„rsatiladi, masalan, R
max
6,3; S
m
0,63; S 0,32; R
z
32; t 
50
70. Bu erda 
ko„rsatkichlarning eng katta joiz qiymatlari ko„rsatilgan bo„lib ularning eng kichik 
joiz qiymati chegaralanmaydi. t 
50
70 belgilash misolida profilning kesish sathi 
t=50% dagi profilning nisbiy tayanch uzunligi t
p
=70 % ko„rsatilgan. g„adir-budurlik 
ko„rsatkichi qiymatining oralig„ini (eng kattk va eng kichik) ko„rsatilganda, belgida 
ko„rsatkich qiymatlarining chegaralari ikki qator yozilib keltiriladi, masalan, 
1,00 
R
z
0,80 
R
max
0,80 
t
50
70 
0,63 
0,32 
0,32 
70 
va hokazo 
Yuqorigi qatorda kattaroq g„adir-budurlikka tegishli ko„rsatkichningqiymati 
yoziladi. Yuza g„adir-budurligi ko„rsatkichining nominal qiymati qanday bo„lsa, 
belgida ham shu qiymat chekka og„ishlari bilan ko„rsatiladi, masalan, 1

20% ; R
z
80
-
10%
; S
m
0,63
+20%
; t
50
70

40% va hokazo. 


104 
Yuza g„adir-budurligining ikkita yoki ko„proq ko„rsatkichlari qanday bo„lsa, 
belgida ham ularning qiymatlari tepadan pastga quyidagi tartibda yoziladi. 
profil notekisliklarining balandligi ko„rsatkichi (R
a
0,1 mkm dan ortiq emas, 
asos uzunligi 
l
ning qiymati 3.1-jadvalda ko„rsatilganga mos va 0,25 mm ga teng); 
profil notekisliklari qadamining ko„rsatkichi (asos uzunlik 0,8 mm da S
m
0,063 
mkm dan 0,040 mkm gacha);
profilning nisbiy tayanch uzunligi (asos uzunlik 0,25 mm da t
50
80

10%) (2.36a- 
rasm). Agar berilgan yuza uchun ishlov usuli yagona bo„lsa, uni ham ko„rsatish
mumkin (3.4b- rasm). 
Yuzalar g„adir-budurligini soddalashtirib ko„rsatishga yo„l qo„yilganda (2.36v- 
rasm) talablar texnikaviy shartlarda tushuntiriladi. 
 
3.4-rasm. Yuza g„adir-budurligini belgilash misollari. 
Detal tasviridagi yuzalar g„adir-budurligining belgilari kontur, chiqarish 
chiziqlarida (iloji boricha o„lcham chiziqlariga yaqinroq) yoki ularning tokchalarida 
joylashtiriladi. Joy etishma ganda, g„adir-budurlikning belgilarini o„lcham chiziqlari 
yoki ularning davomida hamda chiqarish chiziqlarini uzib ko„rsatishga yo„l quyiladi 
(3.5a- rasm).
Buyum uzilish bilan tasvirlangan bo„lsa, g„adir-budurlik belgisi tasvirning faqat 
bir tomonida, o„lcham ko„rsatilgan joyga iloji boricha yaqinroq joyda, ko„rsatiladi
(3.5b- rasm). 


105 
 
3.5-rasm. G„adir-budurlikni o„lcham yoki chiqarish chiziqlarida va uzilishi bilan 
tasvirlangan detallarda belgilash misollari. 
Detalning barcha yuzalarida bir xil g„adir-budurlik ko„rsatilgan bo„lsa, uning 
belgisi chizmaning yuqorisidagi o„ng burchagiga joylashtiriladi va detal tasvirida 
ko„rsatilmaydi (3.6a- rasm).
Agar detal yuzalarining ma‟lum qismida bir xil g„adir-budurlik ko„rsatilsa, 
chizmaning yuqorisidagi o„ng burchakda bir xil g„adir-budurlik belgisi joylashtiriladi 
hamda yonida 3.4b-rasmda ko„rsatilgan belgi qo„yiladi. Buning ma‟nosi shuki,
tasvirda g„adir-budurligi ko„rsatilmagan yoki 3.6,g rasmda ko„rsatilgan belgi 
quyilmagan hamma yuzalar chizma burchagida ko„rsatilgan belgi oldidagi g„adir-
budurlikka ega bo„lishlari lozim. Bunda yuzalarning bir qismiga berilgan chizma 
bo„yicha ishlov berilmasa, chizmaning yuqori o„ng burchagida 3.6v- rasmda 
ko„rsatilgan belgi quyiladi. Agar bir yuzaning turlicha qismlaridagi g„adir-budurlik 
har xil bo„lsa, bu qismlar uzuluksiz ingichka chiziq bilan ajratiladi va tegishli
o„lchamlar bilan g„adir-budurliklar belgilari quyiladi (3.6g- rasm). 



106 
3.6-rasm. G„adir budurlikni o„ziga xos holatlarda belgilash misollari. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuzalar g„adir-budurliklarini chizmalarda belgilash

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish