BOB.MEXANIK ISHLOV BERISH UCHUN QUYUM




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

4 BOB.MEXANIK ISHLOV BERISH UCHUN QUYUM. 
4.1 Mexanik ishlov berish uchun quyum 
Quyum turlari.
Tayyorlama olishning deyarli hamma usullari mashina 
detallarining keraklik aniqligi va yuza g„adir-budurligini ta‟minlay olmaydi. Yuqori 
sifatli detallarga mexanik ishlov berish usuli bilan erisxiladi. Shunday ekan, mexanik 
ishlov berilishi kerak bo„lgan tayyorlama o„lchami tayyor detal o„lchamidan farq 
qilishi kerak. 
Shunga muvofiq tayyorlamaning tashqi yuza o‟lchamlari kattalashtirilgan va 
ichki o‟lchamlari kichiklashtirilgan bo‟lishi kerak. Mexanik ishlov berish jarayonida 
berilgan aniqlik va yuzag„adir-budurligini olish maqsadida kesib olinadigan metall 
qatlami quyum deb ataladi. Demak, tayyorlama va detal o‟lchamlarining ayirmasi 
quyumnitashkil etadi. 
Quyumlar oraliq va umumiy quyumlarga bo„linadi. Mexanik ishlov berishning 
berilgan operatsiyasini (o„tishini) bajarishda olib tashlanadigan metall qatlami oraliq 
quyum
(Z
i
) deb ataladi. Bu quyum oldingi va bajarilayotgan operatsiyalar orasidagi 
tayyorlama 
o‟lchamlari 
farqi 
bilan aniqlinadi. Oraliq quyumni ko‟pincha 
operatsiyalar aro quyum deb ham yuritiladi. 
Berilgan yuzaga mexanik ishlov berishdagi hamma operatsiyalarni bajarishda 
(qora tayyorlamadan to tayyor detal olgungacha) olib tashlanadigan metall qatlami 
umumiy quyum (Z
0
) deb ataladi. Umumiy quyum miqdori tayyorlama va detalning 
ish jarayonidagi o‟lchamlar farqi bilan aniqlanadi. 
U yoki bu yuzaga mexanik ishlov berishdagi umumiy quyum miqdori hamma 
operatsiya (o„tish)lardagi oraliq quyumlar yig‟indisiga teng bo„ladi: 



m
i
i
Z
Z
1
0
bu erda: m – texnologik operatsiya (o„tish)lar soni. 
Quyumlar simmetrik va nosimmetrik bo„ladi. Simmetrik quyumlar ichki va 
tashqi aylanuvchi yuzalarda hamda qarama-qarshi joyulashgan yuzalarga paralell 
ravishda bir paytda ishlov beriladigan yuzalarda bo„ladi. 
Tashqi aylanuvchi yuzalar uchun: 2Z
0
= d
a
– d
v


119 
Ichki aylanuvchi yuzalar uchun 2Z
0
= d
b
– d
a
Qarama-qarshi yuzalarga paralell ishlov berganda 2Z
0
= l
a
– l
b
Nosimmetrik quyumlar detallarning tomonlariga alohida ishlov berilganda 
bo„ladi, ya‟ni: Z
0
= a – b 
Bu erda, a va b – mos ravishda tayyorlama va tayyor detall o„lchamlari 
Quyumlar miqdori texnologik jarayonni ishlab chiqishda muxim texnika-
iqtisodiy ahamiyatga ega. Oshirib yuborilgan quyum detal tayyorlashga sarflanuvchi 
material xajmini ko„payutirib, dastgoh ish unumdorligini kamaytirib, detal sifatini 
yomonlashishiga olib keladi. Chunki, kesish chuqurligini oshib borishi ish tartibini 
kamayutirishga, 
o„tishlar sonini oshishiga, demak dastgoh unumdorligini 
kamayishiga olib keladi[6]. 
Quyum kamayuib ketsa ishlov berishda keraklik o„lcham aniqligini va yuza 
silliqligini olib bo„lmaydi, bu esa nuqsonli detal tayyorlashga olib keladi. Shuning 
uchun muqobil quyum tayinlashga xarakat qilish kerak . 
Quyumning miqdoriga asosan quyidagi omillar ta‟sir etadi: 
-tayyorlamaning shakli va o„lchamlari. Shaklning murakkabligi va tayyorlama 
o„lchamlarining kattaligi quyumning oshishiga olib keladi; 
-tayyorlamaning turi va uni olish usuli. Tayyorlamalar ularni tayyorlash turiga 
(prokatlash, quyma bolgalash va xakozo) qarab xar-xil aniqlikda bo„ladi; 
-tayyor detal dan talab qilinaetgan o„lcham aniqligi, yuza sifati va g„adir-
budurligi, bu talablar qancha yuqori bo„lsa quyum ham shuncha katta bo„lmogi kerak 
, chunki bu talablarni bajarish uchun qo„shimcha operatsiyalar tayinlanmog„i zarur. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 BOB.MEXANIK ISHLOV BERISH UCHUN QUYUM

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish