115
Preslash kuchi va taranglik xisob – kitoblarga qaraganda kichikroq bo„ladi, chunki
xisoblar mikronotekisliklar cho„qqilari bo„yicha o„lchangan o„lcham asosida
bajarilgan. Birlashayotgan detallarni yuzalari g„adir – budurliklari nisbatan past
bo„lganda birikmalar sifati va puxtaligi ortadi.Preslash qaytarilganda taranglik
kamayadi, notekisliklar silliqlashib qoladi va birikma kuchsiz chiqadi.
Detallar mustaxkamligi
. Yuza sifati detallarni mustaxkamligiga, ayuniqsa
o„zgaruvchan yuklamalarda, katta ta‟sir ko„rsatadi. Detalni buzilishiga olib keladigan
kuchlanishlar kontsetratsiyasi uni yuzasini notekisligi natijasida kelib chiqadi. Yuza
qatlamida naklyop va siqilish kuchlanishlarini bo„lishi detallarni (prujinalar, resorlar)
mustahkamligini bir necha marta oshiradi, cho„ziluvchan kuchlanishlarni bo„lishi esa
kamaytiradi. Yuza g„adir-budurligi, shuningdek, birikmalarni moylash, ishqalanish,
isiqlik o„tkazuvchanlik va germetiklik sharoitlariga, yuzalarni nurni qaytarish va
yutish qobilyatiga, trubalarda gaz va suyuqliklarni oqish qarsxiligiga, gidravlik
mashinalarni kavitasion buzilishiga va yuzalar va tutashmalarni boshqa tasniflariga
ta‟sir ko„rsatadi.
Mashina detallarini toliqishiga mustaxkamligi ko„pchilik hollarda yuza
qatlamidagi qoldiq kuchlanishlarni kattaligi, ishorasi va tarqalishi chuqurligi bilan
belgilanadi. Nafis ishlov berish usullari bilan olingan yuqori yuza tozaligi toliqishiga
mustaxkamlikni keskin oshiradi, chunki mikronotekisliklar qanchalik kam bo„lsa,
metallni toliqishidan yuzasida darz ketish extimollari kamayadi.