Metall yuza qatlamini plastik va elastik deformatsiyalanishi




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

Metall yuza qatlamini plastik va elastik deformatsiyalanishi. 
Metallarga 
kesish bilan ishlov berilganda metall yuza qatlami plastik deformatsiyalanadi va 
natijada ishlov berilgan yuza notekisliklari shakli va o„lchamlari keskin o„zgaradi va 
odatda bunda g„adir-budurlik ortadi. 
Mo„rt metallarga ishlov berishda metalni ayrim zarrachalarini toliqishi 
kuzatiladi va bu ham notekisliklar balandligi va shaklini o„zgarishiga olib keladi. 
Kesish tezligi tokarli ishlov berishda plastik deformatsiyalanishni rivojlanishiga eng 
sezilarli ta‟sir ko„rsatuvchi omillardan biridir (3.9-rasm). 
3.9-rasm. Kesish tezligini yuza g„adir-budurligiga ta‟siri 
Kesish 
tezligi 
kattaligini 
40m/min 
gacha oshirishda mikronotekisliklar 
balandligi eng yuqori qiymatga ega bo„ladi. Bunda katta isiqlik miqdori ajralib 
chiqishi natijasida, chiqayotgan qirindi kesgich orqa va oldingi yuzasiga bosuvchi 
kuchlar ta‟sirida oldingi yuzaga plastik yopishib o„simta hosil qiladilar. Tezlikni 
yanada oshirishda o„simta mo„rtlashadi va 60-70m/min. tezlikdan so„ng yo„q bo„ladi, 
yuza g„adir- budurliklari balandligi kamayadi.
Turli xil ishlov berish usullarida surishni yuza g„adir -budurligiga ta‟siri turlicha 
bo„ladi. Rejadagi burchagi 45
0
bo„lgan standart o„tuvchi keskich va cho„qqisini 
kichik radius bilan dumaloqlashtirilganda surishni ta‟siri ancha sezilarli bo„ladi (1-
egri chiziq). Keng kesuvchi qirrali keskichlar ishlatilganda surish g„adir-budurlikka 
deyarli ta‟sir ko„rsatmaydi (2-egri chiziq) (3.10-rasm). 
Teshiklarni parmalash va zenkerlashda, yonli va silindrik frezalashda va boshqa 
ishlov berish usullarida surish kattaligini yuza g„adir- udurligiga ta‟siri nisbatan past 
bo„ladi. 


112 
3.10– rasm. Surishni yuza g„adir-budurligiga ta‟siri 
Kesish chuqurligini yuza g„adir-budurligiga ta‟siri ham past.Mikronotekisliklar, 
shuningdek, asbobni orqa yuzasini ishlov berilayotgan yuza bo„yicha ishqalanishidan 
ham kelib chiqadi va u kesuvchi asbobni eyilishi bilan ortadi. 
Yuza g„adir – budurligiga tayyorlama materialini mexanik xosalari, kimyoviy 
tarkibi va tuzilishi ta‟sir ko„rsatadi.
Ishlov berilayotgan material qattiqligini ortishida yuza g„adir-budurligi 
balandligi kamayadi, qovushqoqligi yuqori bo„lgan materiallarga ishlov berishda esa, 
ortadi. 
Ishlov berish jarayonida moyulovchi – sovutuvchi suyuqliklarni qo„llash yuza 
g„adir – budurligini, ularni ishlatmagan xolga qaraganda 25-40% ga kamaytiradi. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall yuza qatlamini plastik va elastik deformatsiyalanishi

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish