Yuza qatlamini fizik-mexanik xosalari




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

3.3Yuza qatlamini fizik-mexanik xosalari. 
Mashina detallari yuza qatlamini fizik-mexanik xosalari ishlov berish jarayonida 
kuch va isiqlik omillarini yig„ma ta‟siri natijasida o„zgaradi. Tig„li asboblar bilan 
ishlov berishda nisbatan kuch omillari ko„proq ta‟sir ko„rsatadi, buning natijasida 
metall tuzilishi buziladi, kristallar buriladi va siljiydi hamda yuza qatlamida 


108 
mikroqattiqlikni o„sishi va qovushqoqlikni pasayuishini ifodalovchi naklyop xosil 
bo„ladi. 
Naklyorejaish chuqurligi va qoldiq kuchlanish ishlov berilayotgan material sifati 
va mexanik ishlov berish sharoitlariga bog„liq bo„ladi, ularga shuningdek metall yuza 
qatlamlarini mahalliy qizishi katta ta‟sir ko„rsatadi.
Yuza qatlamda ishlov berish tartiblariga bog„liq bo„lgan musbat yoki manfiy 
qoldiq kuchlanishlar paydo bo„ladi. Tayyorlamalarga mexanik ishlov berishda yuza 
qatlamda qoldiq kuchlanisxilarni paydo bo„lishiga quyidagilar sabab bo„ladi: 
-ishlov berilayotgan material yuzasiga kesuvchi asbobni ta‟siri natijasida, uni 
yuza qatlamida plastik deformatsiya boradi va u metalni ba‟zi bir fizik xosallarini o„z 
garishiga va metallni mustaxkamlanishiga olib keladi. 
Plastik deformatsiyalangan metallni yuza qatlamida zichligini kamayishi 
tufayli xajmini oshishiga u bilan bog„liq bo„lgan va deformatsiyalashmagan quyi 
qatlamlari to„sqinlik qiladi, buning natijasida tashqi qatlamda siquvchi, quyi 
qatlamlarda esa – cho„ziluvchi qoldiq kuchlanishlar xosil bo„ladi; 
-kesish joyida xosil bo„layotgan isiqlik metallni ingichka yuza qatlamlarini bir 
zumda yuqori temperaturalargacha qizitadi va natijada uni nisbiy xajmi ortadi. 
Kesuvchi asbobni ta‟siri to„xtatilgandan so„ng, metall yuza qatlami tezda 
soviydi va u yuzani siqilishiga olib keladi, bunga sovuq holda qolgan quyi qatlamlar 
to„sqinlik qiladi. Buning natijasida metallni yuza qatlamlarida cho„ziluvchan qoldiq 
kuchlanishlar, a quyi qatlamlarda esa – ularni muvozanatlovchi siqiluvchan 
kuchlanishlari rivojlanadi. 
Kesish tartiblarini va ishlov berish sharoitlarini o„zgarishi metallni qizish 
temperaturalarini ortishiga, isiqlik omillarini oshishiga va cho„zilish – siqilish qoldiq 
kuchlanishlarini o„sishiga sabab bo„ladi. SHuningdek, asbobni eyilishi va 
o„tmaslashib qolishi uni orqa yuzasini ishlov berilgan yuzaga ishqalanishini oshiradi, 
bu esa nisbatan katta chuqurlikka tarqaluvchi cho„ziluvchan qoldiq kuchlanishlarni 
shakllanishiga olib keladi.


109 
Qoldiq kuchlanishlarini shakllanishi uchun metallarni kimyaviy tarkibi, uni 
mustaxkamligi, isiqo„tkazuvchanligi va boshqa fizika va mexanik xosalari katta 
ahamiyatga egadir. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish