101
haqiqiy maydoniga bog„liq. Ishchi yuklanish ostida hosil bo„ladigan tayanch
maydonini aniqlash uchun profil nisbiy tayanch uzunligi t
p
ning egri chiziqlari
ko„rinadi. Buning uchun chiqiqlar va chuqurchalar chiziqlari orasidagi masofa t ning
tegishli qiymatlari bo„yicha bir nechta profil kesimining sathlariga bo„linadi. har bir
kesim uchun t
p
qiymati aniqlanadi va tayanch uzunligi o„zgarishining egri chizig„i
ko„riladi (3.1 rasm). t
p
qiymatini tanlashda shuni ko„zda tutish kerakki, uning
kattalashishi bilan ishlov berish borgan sari ko„proq mexnat talab qiladigan
jarayonlar qo„llanadi; masalan, t
p
= 25 % bo„lsa tokar stanogida toza ishlov berish,
t
p
=40% bo„lsa xonlash (inglizcha honing – charxlash, ya‟ni abraziv chorqirra doiralar
bilan ishlov berish, doiralar ham aylanadi ham oldi-orqaga harakat qiladi) zarur.
Ma‟suliyatsiz yuzalar uchun g„adir-budurlik texnikaviy estetika, korrozion
chidamlik va ishlash texnologiyasiga qarab belgilanadi. Yuza g„adir-budurligiga
bo„lgan talablar ko„rsatkichining (bitta yoki bir nechtasini) sonli qiymati (eng katta,
eng kichik, va nominal qiymatlar oralig„i) hamda me‟yorlanishi lozim bo„lgan asos
uzunligini ko„rsatish bilan joriy qilinadi. Umumiy holda
ning qiymati R
a
, R
z
, va
R
max
ko„rsatkichlarining joiz qiymatlari bo„yicha 3.1 jadvalga binoan tanlanadi.