121
Legirlangan uglerodsizlashtirilgan pulat shtampovkalar uchun qatlam qalinligi
0,5 mm gacha, uglerodli po„latlar uchun 0,5
1,0 mm bo„ladi.
Kesib ishlash jarayonida ham metall tuzilmasi o„zgarishida puxtalanish
qatlamlari xosil bo„ladi, bu nuqsonli qatlam ham keyingi operatsiyani bajarishda olib
tashlanishi kerak .
3.
Ishlov berilayotgan yuzaning asos qilib ishlatilaetgan yuzaga nisbatan
fazoviyu og„ishi -
i-1
. Fazoviy og„ishlarga bir nechta teshiklarning o„qdoshmasligi,
tsilindr shaklidagi detal o„qining uning ko„ndalang yuzasiga perpendikulyarmasligi,
ishlanayotgan va asos yuzalarining paralellmasligi, yuzaning qayishishi, ustki
yuzalarning teshikka nisbatan ekstsentrikligi va boshqalar kiradi. Fazoviy og„ishlar
tayyorlamani tayyorlash va detalga ishlov berish payitida xosil bo„ladi.
4.
O„rnatish xatoligi-
i
. bu xatolik bajarilayotgan operatsiyalarda (o„tishda)
paydo bo„ladi. O„rnatish xatoligi asoslash xatoligi -
а
, maxkamlash davrida paydo
bo„ladigan xatolik -
q
va moslama xatoliklarining -
м
yigindisiga teng
2
2
2
м
к
a
i
Asoslash xatoligi tayyorlamani moslamaga o„rnatishda texnologik va o„lchash
asoslari birlashmaganda (bir yuzani tashqil qilmaganda) paydo bo„ladi. Uning
miqdori ma‟lum bir o„lcham uchun tayyorlamaning muayyan o„rnatilgan holatida
aniqlanadi.